174
koeffitsiyenti, har o‘n kunlikni oylik mahsulotda; oy, kvartallarda ishlab
chiqarilgan mahsulotni yillik mahsulot hajmida tutgan ulushi.
Egri ko‘rsatkichlar - brakdan yo‘qotishlar, qo‘shimcha ishlangan
vaqt uchun to‘langan haq, shartnoma buzilishi tufayli to‘langan
jarimalar.
Maromiylik koeffitsiyenti marom hisobiga ishlab chiqarilgan
mahsulotni (N
H
) jami reja bo‘yicha mahsulot (N
P
) hajmiga bo‘lish
orqali aniqlanadi.
;
H
m a r o m
p
N
K
N
=
Ayrim korxonalar yillik, kvartal, oylik rejalarini ortig‘i bilan
bajarishi mumkin, ammo ayrim oylarda ishlab chiqarishni bir maromda
tashkil eta olmasligi mumkin. Mahsulot ishlab chiqarishdagi
maromiylikni buzilishi shartnoma majburiyatlarini barbod bo‘lishiga,
uning oqibatida jarimalar to‘lanilishiga olib keladi. Amaldagi tajribalar
shuni ko‘rsatadiki, ayrim firmalar oylik ishlab chiqarish biznes-reja
ko‘rsatkichlarini qisqa kunlarda hal etishni mo‘ljallashadi, lekin
mahsulotlarning sifati talabga javob bermaslikka, ombordagi sotilmay
qolgan tovarlar qiymati keskin ortishiga hamda iste’molchilarga
jo‘natiladigan tovar muddatlarini buzilishiga olib keladi.
Aksionerlik jamiyatining maromida ishlayotganligini tahlil etishda
har 10 kunlikda ishlab chiqarilgan tovarlarni oylik mahsulotda tutgan
ulushi hisoblanadi va aniqlangan ma’lumotlar biznes-reja ko‘rsatkichlari
bilan taqqoslanib, faoliyatning maromida bo‘layotganligiga baho
beriladi.
37-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili
(ming so‘mda)
Hisobot yili