183
mahsulot tannarxi qimmatlashadi, chunki brak mahsulot ishlab chiqarish
uchun qilingan xarajatlarning samarasiz ketganligi, unumsizligidan
dalolat beradi. Tomonlarning o‘zaro tuzgan
shartnomalarida yetkazib
beriladigan tovarlarning miqdori, narxidan tashqari assortimenti va sifati
ham kelishiladi, demak, brak mahsulotlar ishlab chiqarish yoki tovarlar
sifatining buzilishi iste’molchi huquqining buzilishiga va iqtisodiy zarar
ko‘rishiga olib keladi. Shartnomaga muvofiq ishlab chiqaruvchi
iste’molchiga sifatsiz mahsulot ishlab chiqargani
uchun yetkazilgan za-
rarni qoplashi shart. Ishlab chiqaruvchi firma da’vogarlik muddati
tugamasdan avval nuqsonga ega bo‘lganligi
uchun qaytarilgan tovar
o‘rniga boshqa mahsulotlar jo‘natishi yoki avvalgi tovarlarning
nuqsonini tuzatib, iste’molchiga jo‘natishi lozim.