• 5.7. Mahsulotlarni sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishi tahlili
  • Mahsulot sifatiga, odatda, quyidagi omillar ta’sir qiladi




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet118/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    Mahsulot sifatiga, odatda, quyidagi omillar ta’sir qiladi: 
    · foydalanilayotgan xomashyo va materiallar sifati; 
    · xodimlarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi; 
    · ishlab chiqarishda ishtirok etadigan texnika va texnologiyani 
    holati va uning progressivligi; 
    · ishchi va xodimlarning mahsulot sifatiga javobgarligi hamda 
    ularning moddiy rag‘batlantirilishi va hokazo. 
    Respublikamizda mahsulot sifatini xarakterlovchi eng asosiy ko‘r-
    satkich bu O‘zbekiston Davlat Standartlashtirish qo‘mitasi tomonidan 
    belgilangan ko‘rsatkichlardir. 
    5.7. Mahsulotlarni sotish bo‘yicha shartnoma
    majburiyatlarining bajarilishi tahlili 
    Istiqlol yillarida o‘tkazilgan islohotlar tufayli boshqaruvning ma’-
    muriy-buyruqbozlik usullari o‘rnini egallagan bozor iqtisodiyoti 
    sharoitida shartnoma barcha mulk shaklidagi korxona, muassasa va 
    tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlarni 
    o‘rnatuvchi asosiy huquqiy hujjatga aylandi. Yaqin o‘tmishda rejali 
    iqtisodiyot davrida ham shartnomalar tizimidan foydalanilgan, ammo, 
    yakka mulkchilik, ya’ni davlat mulkchiligining tanho huquqi hukm-
    ronlik qilgan zamonda shartnomalar reja va topshiriqlarni bajarish 
    uchun qo‘llaniladigan bir vosita hisoblangan xolos, qolaversa, ilgarilari 


    181
    shartnomaga uni tuzgan tomonlarning istak va manfaatlarini ifoda 
    etuvchi to‘la huquqli yuridik hujjat deb ham qaralmasdi. Ularning 
    qo‘llanilishi cheklangan bo‘lib, hattoki, fuqarolarning o‘zaro bitim 
    tuzishi qonun yo‘li bilan jazolanadigan ayb - chayqovchilik sifatida, 
    qoralanar edi. Shu ma’noda, shartnomaning huquqiy maqomini tamo-
    mila o‘zgartirish va umuman, shartnoma tuzish madaniyatini yuksal-
    tirish borasida mamlakatimizda jiddiy ishlar amalga oshirilayotgani 
    e’tiborga loyiqdir. Endilikda, shartnoma rejali ishlab chiqarish va 
    taqsimlash omillariga asoslanmaydi. Bil’aks, bozor qonuniyatlari 
    talabiga binoan, shartnomaviy munosabatlar tovar-pul, ya’ni teng 
    to‘lovlar tarzida amalga oshirilib, shartnoma ularga huquqiy shakl 
    o‘rnida xizmat qila boshladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi 
    Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, xo‘jalik ishlarini yuritish qonunlari 
    majmuasi, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar to‘g‘risidagi qonunlar, 
    boshqa me’yoriy hujjatlar shartnoma munosabatlarini tartibga solib 
    turuvchi huquqiy manbalar hisoblanadi. 
    Shartnoma ijrosi bugungi kunda eng dolzarb muammolardan 
    biridir. Shartnoma bajarilmasligi korxonaga iqtisodiy zarar keltiribgina 
    qolmay, uning istiqbolini xavf ostiga qo‘yadi, har ikki tomondagi 
    korxonalar ishchilarining maosh ololmasligiga sabab bo‘ladi. 
    39-jadval 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulot sifatiga, odatda, quyidagi omillar ta’sir qiladi

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish