177
talabning oshishiga olib keladi. Mahsulot sifatining oshishi bozorda
raqobat kurashida yutib chiqish yoki o‘z mavqeini ushlab turish
imkoniyatini yaratadi. Sifatli mahsulot bozorda yuqori baholarda sotilib,
qo‘shimcha daromad olib kelish manbayiga aylanadi. Mahsulot sifatini
tahlil qilishning asosiy maqsadi bu ishlab chiqarilgan mahsulotning
sifatiga baho berish hamda mahsulot hajmining va foydaning o‘zgari-
shiga tegishli ta’sirini aniqlash bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mahsulot sifatini
yaxshilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Sifat deganda mahsulotning
tovarlilik darajasi va uning xaridorlar dididagi yuqori tasnifiy belgilarga
hamda mazkur mahsulot uchun belgilangan mamlakat va xalqaro
standart me’yorlariga egaligiga aytiladi. Tovarlilik darajasi uning taklif
elementi sifatida o‘z xaridoriga ega ekanligini, tasnifiy belgilari esa
texnik-iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik-iqtisodiy belgilarning
muvofiqligini xarakterlaydi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga doimo e’tibor berib
kelingan, chunki, aynan mahsulot sifati iste’molchilar ehtiyojini
yaxshiroq qondirishga imkon beruvchi tovarlar mo‘l-ko‘lligi, mahsulot
ishlab chiqarish hajmining pul ko‘rinishidagi ifodasining oshishiga,
shuningdek, xalq xo‘jaligi tarmoqlarida kapital qo‘yilmalardan tejab
qolish va foyda miqdorining o‘sishiga imkoniyat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonunning
35-moddasi 1-bandida korxonani sifatli mahsulot ishlab chiqarish
mas’uliyati xususida quyidagilar qayd etilgan: «Shartnoma majburi-
yatlari ... mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablarni, xo‘jalik faoliyatini
amalga oshirishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun korxona
qonunlarda ko‘zda tutilganidek to‘la mulkiy javobgar bo‘ladi.»
Sifatli mahsulot uni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnatni
tejaydi, iste’molchi talabi to‘la qondiriladi, realizatsiya jarayoni
tezlashadi, mahsulot hajmi qiymat shaklida ortadi, aylanma mablag‘lar
aylanishi tezlashadi.