• Jami: 2117539 2515931 2109413 100,0 100,0
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet113/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    Jamida tutgan ulushi, 

    O‘n kunliklar 
    Biznes-
    rejada 
    Haqi-
    qatda 
    Maromiylik 
    hisobiga ishlab 
    chiqarilgan 
    mahsulot 
    Biznes-
    rejada 
    Haqiqatda 
    I o‘n kunlik 
    724000 
    715874 
    715874 
    34,20 
    28,45 
    II o‘n kunlik 
    714800 
    865407 
    714800 
    33,76 
    34,40 
    III o‘n kunlik 
    678739 
    934650 
    678739 
    32,04 
    37,15 
    Jami: 
    2117539 2515931 
    2109413 
    100,0 
    100,0 


    175
    Maromiylik koeffitsiyenti: 
    2109413 
    K
    M
    = ------------ = 0,996 
    2117539 
    Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida mazkur aksionerlik jamiya-
    tining mahsulot ishlab chiqarish maromiyligiga baho berish mumkin. 
    Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, korxonada hisobot davrida mahsulot ishlab 
    chiqarish maromiylik koeffitsiyenti 0,996 ni tashkil etgan. Mahsulot 
    ishlab chiqarish maromiyligining buzilishiga joriy yildagi oylarning 
    birinchi o‘n kunligida biznes-rejada belgilangan 724000 ming so‘mlik 
    mahsulot ishlab chiqarilishi o‘rniga, haqiqatda 8126 ming so‘mga kam 
    mahsulot ishlab chiqarilganligi sabab bo‘lgan. Natijada mahsulot ishlab 
    chiqarish maromiyligi 0,004 koeffitsiyentga bajarilmagan. Shunday 
    bo‘lsada, aksionerlik jamiyatida hisobot yilidagi oylarda keyingi 
    ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklari bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish 
    rejalari ortig‘i bilan ado etilganligi bois, korxonadagi umumiy mahsulot 
    ishlab chiqarish rejasi ortig‘i bilan bajarilgan. Umuman olganda, bunday 
    natijalarni ijobiy baholasak bo‘ladi, chunki, korxonada maromiylik 
    buzilishi unchalik katta emas ekan, odatda, mahsulot ishlab chiqarish 
    maromiyligining buzilishi oqibatida korxonada ishlab chiqarilayotgan 
    mahsulotlarning sifatiga putur yetishiga, xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi 
    o‘zaro shartnomalarning o‘z vaqtida to‘liq bajarilmasligiga, iqtisodiy 
    jarimalar qo‘llanilishiga, kassa rejalarining to‘liq bajarilmasligiga hamda 
    mahsulotlarni sotish hajmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
    Korxona ma’muriyati imkon qadar mahsulot ishlab chiqarish 
    maromiyligini buzilmaslik choralarini ko‘rishi kerak bo‘ladi. 
    Mahsulotlar sotishdan olingan sof tushum hajmi tovarlar sifati, 
    miqdori, shartnoma va bozordagi baholarning o‘zgarishlari bilangina 
    bog‘liq bo‘lib qolmasdan, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlarning turib 
    qolishidan sifatining buzilishi, ishlab chiqarishdagi braklar hajmiga ham 
    bog‘liqdir. Ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik o‘zgarishlar evaziga, 
    bajaruvchilarning layoqatsizligi va mas’uliyatsizligi tufayli yo‘l 
    qo‘yilgan kamchiliklar ta’sirida tovarlarning sifatini pasayishi va brak 
    mahsulotlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.  
    Shuningdek, xomashyo sifatini pastligi, standartga mos kelmasligi, 
    dastgohlarni tez buzilishi, ishlab chiqarish jarayonidagi nuqsonlar, 
    kadrlar malakasini pastligi tufayli ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
    tarkibida brakka yo‘l qo‘yilishi mumkin. Brakka yo‘l qo‘yilishi tufayli 


    176
    iste’molga chiqadigan tayyor mahsulot hajmi kamayadi, mahsulot tan-
    narxi qimmatlashadi, chunki mahsulot brak ishlab chiqarish uchun 
    qilingan xarajatlarni zoyi ketganligini, unumsizligidan dalolat beradi. 
    Tomonlarning o‘zaro tuzgan shartnomalarida yetkazib beriladigan 
    tovarlarning miqdori, narxidan tashqari assortimenti va sifati ham 
    kelishiladi, demak, brak mahsulotlar ishlab chiqarish yoki tovarlar 
    sifatining buzilishi iste’molchining huquqini buzilishiga va iqtisodiy 
    zarar ko‘rishga olib keladi. Shartnomaga muvofiq ishlab chiqaruvchi 
    iste’molchiga sifatsiz mahsulot ishlab chiqargani uchun yetkazilgan 
    zararni qoplashi shart. Ishlab chiqaruvchi firma da’vogarlik muddati 
    tugamasdan avval nuqsonga ega bo‘lganligi uchun qaytarilgan tovar 
    o‘rniga boshqa mahsulotlar jo‘natishi yoki avvalgi tovarlarning nuq-
    sonini tuzatib iste’molchiga jo‘natishi lozim. Mahsulotlar braki – tuza-
    tiladigan va tuzatilmaydigan turlarga bo‘linadi. Yo‘l qo‘yilgan brakni 
    mahsulotlar qiymatiga ta’sirini aniqlash uchun brak natijasida firma be-
    huda sarflagan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlari jamla-
    nadi, shuningdek, kamchilikni tugatish uchun amalga oshirilgan qo‘-
    shimcha sarflar ham qo‘shilgan holda brak tannarxi aniqlanadi. Bu aniq-
    langan yo‘qotishlarni tovar mahsuloti tannarxiga bo‘lish orqali brak tufayli 
    mahsulot hajmining kamayishi aniqlanadi. Buni quyidagi shartli miso-
    limiz orqali ko‘rsatib o‘tishimiz va tahlil qilishimiz mumkin bo‘ladi: 
    Ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti hajmi – 10000 ming so‘m; 
    Brak mahsulot uchun ketgan barcha sarflar – 26 ming so‘m; 
    Ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti tarkibidagi brak mahsulotlarning 
    tutgan ulushi – 26/10000*100=0,26 %. 
    Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi 
    subyekt o‘zining ishlab chiqarish faoliyatida chiqimsiz texnologiyaga 
    asoslanishi hamda imkon qadar mahsulotlarning brakligi darajasini 
    pasaytirishi lozim bo‘ladi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish