178
- eksport qilinadigan mahsulotlarni tutgan ulushlari ifodalaydi.
Mahsulot sifatini ifodalovchi individual (yakka) ko‘rsatkichlari:
- foydaliligi (sutning yog‘liligi, ko‘mirning issiqliligi, oziq-ovqat
mahsulotlaridagi oqsil moddalari va hokazo);
- ishonchliligi (chidamliligi, benuqson ishlashi);
- texnologiya shartlariga mos kelishi;
- mahsulotning estetik ko‘rinishi.
Egri ko‘rsatkichlari – sifatsiz mahsulot uchun to‘langan jarimalar,
brak mahsuloti va uni jami mahsulotdagi ulushi va hokazo.
Mahsulot sifati navlar bo‘yicha belgilanadigan mahsulotlarni
ikki kategoriya bo‘yicha tarkiblash mumkin:
· oliy sifat kategoriyasi;
· birinchi sifat kategoriyasi.
Mazkur sifat kategoriyalari orqali mahsulotning xalqaro va
mamlakat standarti talablariga mosligi o‘rganiladi.
Mahsulot sifatini oshirish realizatsiya jarayonini tezlashtiradi, mah-
sulotga bo‘lgan talabni to‘laroq qondiradi, tovar pul muomalasini tez-
lashtiradi, eksport imkoniyatlarini oshiradi. Mahsulot sifati ko‘rsat-
kichlar sistemasi bilan o‘lchanadi. Xarakterli xossalariga ko‘ra o‘z
belgilangan xossasiga loyiqligi, pishiq va puxtaligi, chidamliligi, xalqaro
va mamlakat standartlariga mosligi ko‘rsatkichlariga ko‘ra farqlanadi.
Sifatni yaxshilanishi ishlab chiqarilgan mahsulotni qiymat shaklida
ortishiga, foydani ko‘payishiga olib keladi.
Mahsulot sifatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar sistemasi:
1. Jami ishlab chiqarishda yangi mahsulot ulushi.
2. Attestatsiyadan o‘tgan va o‘tmagan mahsulotlarni tutgan ulushi.
3. Oliy nav (kategoriya)dagi mahsulot ulushi.
4. Jahon standarti talablariga javob beradigan mahsulot ulushi.
5. Eksport qilinadigan mahsulot ulushi, shu jumladan, yuqori
rivojlangan sanoat korxonalariga.
Umumiy ko‘rsatkichlardan tashqari har bir mahsulotni individual
xususiyatlari ham sifatni ifodalaydi. Masalan, sutning yog‘lilik darajasi,
ko‘mirni issiqlik darajasi, ayrim mahsulotlarni chidamliligi, pishiq-
puxtaligi; mahsulotni estetik ko‘rinishga ega bo‘lishi; texnologiyaga
mosligi va h.k.