182
qo‘yganida, bu holat boshqa tomonga
zarar keltirishiga imkon
bermaydi. Korxona rahbarlari va tadbirkorlarning barchasida ham o‘z
faoliyatining moliyaviy natijalari bilan bog‘liq mas’uliyat hissi
shakllangan, deb bo‘lmaydi. Huquq idoralari o‘tkazgan
tekshirishlarda
ayrim korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan shartnomalarni
tuzish va ijro etishda qonunchilikka rioya etmaslik holatlari ko‘plab
aniqlangan. Aksariyat rahbarlarda hozirgacha mulkdorlik tuyg‘usi
shakllanib ulgurmagan.
Sotish rejasining bajarilishini shartnoma
majburiyatlarini hisobga
olgan holda aniqlash lozim. Bu ko‘rsatkich orqali korxonaning shartno-
maviy majburiyatlarga bo‘lgan munosabatlariga va faoliyatiga baho
beriladi.
Majburiyatni hisobga olgan holda sotish rejasi 95,62 % (2263820
x 100 : 2367492) ga bajarilgan xolos. Shartnomadagi 103672 ming
so‘mlik mahsulot iste’molchilarga shartnomada kelishilgan muddatlarda
yetkazib berilmagan. Bu esa, mahsulot
yetkazib beruvchi korxonaga
bo‘lgan ishonchning pasayishiga, ushbu
korxonaga nisbatan turli
iqtisodiy jarimalar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Natijada korxonaning
moliyaviy-iqtisodiy holati yomonlashuviga va raqobat bozorida o‘z
mavqeini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.