• Tovar mahsuloti: Amaldagi bahoda Solishtirma bahoda
  • Aksionerlik jamiyatida mahsulot ishlab chiqarishning




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    Aksionerlik jamiyatida mahsulot ishlab chiqarishning 
    umumlashtirilgan ko‘rsatikichlari tahlili (ming so‘mda) 
    Hisobot yili 
    Farqi (+,-) 
    Ko‘rsatkichlar 
    O‘tgan 
    yil 
    Biznes-
    reja 
    bo‘yicha 
    Haqiqatda 
    o‘tgan 
    yilga 
    nisbatan 
    Biznes-
    rejaga 
    nisbatan 
    Yalpi mahsulot: 
    Amaldagi bahoda 
    Solishtirma bahoda 
    1912902 
    2113430 
    2236548 
    2198763 
    2721401 
    2553967 
    +808499 
    +440537 
    +484853 
    +355204 
    Tovar mahsuloti: 
    Amaldagi bahoda 
    Solishtirma bahoda 
    1902784 
    2109528 
    2209568 
    2117539 
    2701893 
    2515931 
    +799109 
    +406403 
    +492325 
    +398392 
    Sotilgan mahsulot: 
    Amaldagi bahoda 
    Shartnomaviy bahoda 
    1452513 
    1402677 
    2367492 
    2301769 
    3040381 
    2984387 
    +1587868 
    +1581710 
    +672889 
    +682618 
    Shuningdek, ko‘p turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisos-
    lashgan korxonalarning faoliyatini tahlil qilishda sarflangan mehnat 
    miqdoriga qarab ham ma’lumotlar o‘rganiladi.
    Sanoat korxonalarining mahsulotlar ishlab chiqarish darajasini tahlil 
    qilishda muhim o‘rinni biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, qiymat o‘lcho-
    vida hisoblangan umumlashgan ma’lumotlarni o‘rganish egallaydi, ya’ni 
    ishlab chiqarilgan yalpi tovar mahsuloti, sotilgan mahsulotlar qiymatini 
    bir necha yillar ma’lumotlariga asoslanib tahlil o‘tkazish lozim. 
    Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan 
    aksionerlik jamiyatida joriy davrda yalpi mahsulot ishlab chiqarish 


    151
    hajmi o‘tgan yilga nisbatan solishtirma baho bo‘yicha 440537 ming 
    so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, biznes-rejaga nisbatan esa 355204 ming 
    so‘mga ko‘paygan. Amaldagi baholar bo‘yicha yalpi mahsulot hajmi esa 
    bundan ko‘proqqa oshgan. Bu shundan dalolat beradiki, joriy yilda 
    o‘tgan yillarga nisbatan mahsulotlar bahosining o‘sishi ham kuzatilgan. 
    Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, aksionerlik jamiyatida ishlab 
    chiqarilayotgan yalpi mahsulotlarning aksariyati sotishga mo‘ljallangan, 
    ya’ni tovar sifatiga ega, biroq, aksionerlik jamiyatida o‘tgan yili tovar 
    mahsulotlarining kattagina qismi sotilmay omborda qolib ketgan. Bu 
    miqdor amaldagi baholar bo‘yicha o‘tgan yili 450271 ming so‘mni 
    tashkil etgan. Hisobot yili ma’lumotlariga e’tibor qiladigan bo‘lsak, 
    ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotga nisbatan sotilgan mahsulotlar hajmi 
    amaldagi baholar bo‘yicha 318980 ming so‘mga oshgan. Bu shundan 
    dalolat beradiki, aksionerlik jamiyatida joriy yilda o‘tgan yildan qolgan 
    mahsulotlar qoldig‘ining kattagina qismini sotishga muvaffaq bo‘lingan. 
    Bu esa korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlari 
    bo‘yicha yaxshi natijalarga erishganligidan dalolatdir. Bundan tashqari 
    korxonada joriy yilida o‘tgan yili va biznes-rejaga nisbatan bir qadar 
    ko‘p mahsulot realizatsiya qilingan. Masalan, amaldagi baholar bo‘yicha 
    korxona joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 1587868 ming so‘mlik ko‘p 
    mahsulot sotilishiga erishilgan. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy 
    baholamoq lozim deb hisoblaymiz. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aksionerlik jamiyatida mahsulot ishlab chiqarishning

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish