130
daromadligi ichki bozordagiga nisbatan yuqori bo‘lgan. «B» turdagi
mahsulotning tashqi
bozordagi narxini pasayishi, tannarxini ortishi
tufayli rentabellik darajasi 2010-yildagi 36,4 foizdan 2012-yilga kelib
18 foizga qadar pasaygan. Shu davr ichida «A»
mahsulotning
rentabelligi 36,8 foizdan 23 foizga qadar tushib ketgan. Bunga asosiy
sabab eksport qilingan mahsulot tannarxini keskin ortishidir.
Mahsulotni bozor (ichki, tashqi)da egallagan ulushini,
daromad
darajasiga qarab to‘rt kategoriyaga bo‘lish mumkin:
·
«yulduz» kategoriyali tovarlar – korxona foydasining asosini
tashkil etadigan hamda iqtisodiy o‘sishga olib keladigan;
·
«sog‘in sigirlar» kategoriyali tovarlar – og‘ir
iqtisodiy
davrlarning vujudga kelishini oldini oladigan, investitsiyaga muhtoj
bo‘lmagan,
foyda keltirayotgan, boshqa kategoriyali mahsulotlar ishlab
chiqarishni moliyalashtirishga ishlatiladigan;
·
«og‘ir bola» kategoriyali tovarlar – bu yangi turdagi tovarlar
bo‘lib, reklamaga muhtoj bo‘lgan, bozorga olib chiqilishi kerak bo‘lgan,
vaqtinchalik
foyda keltirmayotgan, ammo kelajakda «yulduz» tovar
bo‘lishi mumkin bo‘lgan;
·
«o‘lik yuk» yoki «omadsiz» kategoriyali tovarlar – bugungi kun
talabiga javob bermaydigan, iqtisodiy o‘sishga imkoniyat bermaydigan,
foyda keltirmaydigan tovarlardir.
Korxona mahsulotini guruhlarga ajratib o‘rganish orqali to‘g‘ri,
aniq strategiya ishlab chiqiladi. Strategiyani amalga oshirish orqali
«og‘ir bola» kategoriyasiga mansub tovarlarni
moliyalashtirish orqali
ularni «sog‘in sigirlar», «yulduz» kategoriyalariga yetkazish yo‘llari
belgilanadi.
Tahlil jarayonida korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
qay biri qaysi kategoriyaga mos kelishligini o‘rganish ham muhim
hisoblanadi.
Ichki ma’lumotlar asosida quyidagicha tahlil ishlarini amalga
oshirishimiz mumkin (24-jadval). Bu jadval natura o‘lchov
birligiga
asoslanib olib borilgan bo‘lib, uning tahlilini boshqa o‘lchov birliklarida
yuritishimiz ham mumkin.
Tahlil qilinayotgan korxona 5 xil "A"; "B"; "V"; "G"; "D" turdagi
mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlar ichida "A" va "G"
mahsulotlar xaridorgir bo‘lib, ularning rejaga nisbatan "A" mahsulot 12
foizga, "G" mahsulot esa 23 donaga ko‘p sotilgan. Bu esa bozorda ushbu
mahsulot turlariga talabning ko‘pligidan dalolat beradi.