Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

tahlilning turkumlanishi. 
 
1 va 2 funksiyalar boshqarishni texnologik bosqichlarini aks 
ettiradi, ya’ni qarorlar qabul qilish jarayonini axborot va iqtisodiy tahlil 
bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, boshqarishning boshqa funksiyalarini 
amalga oshirishda ham iqtisodiy tahlilning alohida o‘rni bor. Masalan, 
Iqtisodiy tahlil turlarini turkumlanishi 
Boshqaruv 
tizimi
bo‘yicha 
Boshqaruv 
obyekti 
bo‘yicha 
Boshqaruv 
masshtabi va 
darajasi 
bo‘yicha 
O‘zaro bog‘langan 
boshqaruv 
obyektlari 
bo‘yicha 
¨ Tezkor (operativ) tahlil; 
¨ Joriy (retrospektiv) tahlil; 
¨ Istiqbolli (perspektiv) tahlil. 
¨ Funksional tahlil; 
¨ Texnik tahlil; 
¨ Iqtisodiy tahlil; 
¨ Ijtimoiy tahlil; 
¨ Ekologik tahlil; 
¨ Funksional – iqtisodiy tahlil; 
¨ Texnik- iqtisodiy tahlil; 
¨ Ijtimoiy – iqtisodiy tahlil; 
¨ Ekologik – iqtisodiy tahlil; 
¨ Ichki-xo‘jalik tahlili; 
¨ Xo‘jaliklararo tahlil; 
¨ Tarmoq tahlili; 
¨ Hududiy tahlil; 
¨ Xalq xo‘jaligi tahlili. 


104
rejalashtirish funksiyasini olaylik. Kelgusi davrga reja tuzish uchun 
korxona faoliyatining o‘tgan yillarini atroflicha tahlil qilish va shu 
asosda uning rivojlanish tendensiyasini aniqlab olish zarur. Rivojlanish 
tendensiyasi va kelgusida iqtisodiy ko‘rsatkichlarda yuz beradigan sifat 
o‘zgarishlarini ham hisobga olgan holda uning faoliyatini ifodalovchi 
ko‘rsatkichlarini kelgusi qiymatlari shakllantiriladi. Xuddi shuningdek, 
boshqarishning muvofiqlashtirish, tashkil qilish va nazorat funksiyalari 
ham iqtisodiy tahlil bilan bevosita bog‘liq.
Ishlab chiqarishni boshqarish nuqtayi nazaridan iqtisodiy tahlil 
turlarini quyidagi chizmada tasvirlash mumkin (5-chizma ). 
Bundan tashqari iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy tahlilning turlari 
quyidagilarga qarab ham turkumlanadi; 
1) Xalq xo‘jaligini tarmoq strukturasi (sanoat va uni tarmoqlari, 
qishloq xo‘jalik, qurilish, transport, savdo, moddiy-texnika ta’minoti va 
boshqalar); 
2) Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari tahlili (ishlab 
chiqarish, iste’mol, taqsimot va ayriboshlash jarayonlarini tahlili); 
3) Tahlilni o‘tkazuvchi subyekti bo‘yicha, ya’ni tahlilni kim 
tomonidan o‘tkazilayotganligiga qarab (iqtisodiy xizmat xodimlari, 
korxonani ijtimoiy tashkilotlari, moliya, kredit organlari, auditorlik 
tashkilotlari, kasaba uyushmalari, qo‘mita va ijtimoiy tashkilotlar); 
4) Tahlil o‘tkazish muddati bo‘yicha (yillik, kvartallik, oylik, 
dekadalik, kunlik, smenalik va bir martalik tahlil); 
5) o‘rganiladigan masalalarning mazmuni va mukammalligi 
bo‘yicha (xo‘jalik faoliyatini kompleks tahlili va tematik tahlili); 
6) obyektni o‘rganish usuliga qarab (kompleks, tizimli tahlil, 
taqqoslama, tanlanma, korrelatsion tahlil va boshqalar). 
Korxonalar faoliyatini kompleks tahlil qilish ularni faqatgina 
iqtisodiy faoliyatini tahlil qilmasdan, texnik, ijtimoiy, tabiiy sharoitlari 
va ularni o‘zaro aloqasini ham tahlil qilib berishi lozim.

Download 2,53 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish