|
Moliyaviy hisobot ma’lumotlarini bir-biriga mosligini tekshirishBog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv docMoliyaviy hisobot ma’lumotlarini bir-biriga mosligini tekshirish
Birlamchi
Ikkilamchi
Mosligi
Ko‘rsatkichlar
nomi
Shakl
raqami
Satri
Summa,
ming
so‘m
Shakl
raqami
Satri
Summa,
ming
so‘m
Asosiy vositalar:
Boshlang‘ich
qiymat.
1
010
71000
3
130
71000
Mos
Eskirish qiymati.
1
011
44500
3
130
44500
Mos
Ustav kapital
1
320
80000
5
080
80000
Mos
Taqsimlanmagan
foyda
1
350
45000
5
080
45000
Mos
va hokazolar
3.5. Iqtisodiy tahlilning turlari va ularning tasniflanishi
Tahlil turlarini turkumlash – ularni umumlashtirish va bir tizimga
keltirishga, eng muhim tomonlarini aniqlashga hamda ushbu fanning
istiqbolda yanada takomillashtirish uchun keng imkoniyat ochib beradi.
Tahlilning barcha turlari o‘z belgilariga qarab ma’lum guruhlarga
umumlashtiriladi. Bunday guruhlashgan belgilarga quyidagilarni kiritish
mumkin: tahlilning vazifalari, uni o‘tkazish muddati, qabul qilinadigan
qarorlarning xarakteri, korxonalar faoliyatini o‘rganishning asosiy
tomonlari, rezervlarni aniqlash usullari, o‘rganiladigan obyekt, tahlil
qiluvchi subyekt, o‘rganiladigan hodisalarning ko‘lami, axborotlarni
qayta ishlash usullari kabilar. Barcha turdagi tahlilning turlari ularning
bajargan vazifalariga qarab quyidagi guruhlarga umumlashtiriladi:
biznes-rejaning tig‘izligi, asoslanganligini baholash va uning bajarilishi-
ni nazorat qilish, erishiladigan natijalarni bashorat qilish ya’ni oldindan
aytib berish, erishilgan natijalarga obyektiv baho berish va shu
maqsadda korxona faoliyatiga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan sabablarni
aniq belgilash, ichki xo‘jalik hisobi yakunini o‘tkazish, rezervlarni
aniqlash va ularni ishlab chiqarishga jalb etish, kelgusida rejalashtirish
uchun asos (baza)ni aniqlash, optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish
uchun tahliliy variantlarni tayyorlash.
Ishlab chiqarishni iqtisodiy tahlil qilishni umumiy tarzda quyidagi
chizmada keltirilgandek ifodalash mumkin (4- chizma).
|
| |