109
Shunday qilib, moliya-iqtisodiy tahlilning
predmeti korxonalar
xo‘jalik faoliyatining turli tomonlari, xo‘jalik yuritish jarayoni, iqtisodiy
ko‘rsatkichlarning bir-biri bilan sababiy bog‘lanishi hisoblanadi.
Moliya-iqtisodiy tahlilning subyekti - bu korxona, vazirlik, boshqar-
ma, moliya-kredit idoralari va statistika organlarining iqtisodiy bo‘lin-
malari hisoblanadi. Shu bilan birga korxona tahlilning obyekti ham
hisoblanib, ularning faoliyati yuqori tashkilot, moliya-kredit va statistika
organlari tomonidan o‘rganiladi. Masalan, moliya organlari korxonalar-
ning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda asosiy e’tiborni
biznes-rejaning
bajarilishi, aylanma mablag‘larining holati, foyda bo‘yicha biznes-reja-
ning bajarilishi, davlat budjetiga tushadigan to‘lov majburiyatlarining
bajarilishiga qaratadilar. Kredit tizimi esa korxonalar o‘z aylanma mab-
lag‘lari holatini, olingan kreditning tovar-moddiy boyliklar bilan tahmin-
langanligini, to‘lov intizomining bajarilishi kabi masalalarga qaratadi.
O‘rganiladigan masalalarga qarab moliya-iqtisodiy tahlil to‘la yoki
tanlanma xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Moliya-iqtisodiy tahlilning
o‘tkazish muddatlari kunlik, haftalik, dekadalik, oylik, kvartallik,
yillik
bo‘ladi. Moliya-iqtisodiy tahlilning turlari: dastlabki,
tezkor va joriy
tahlildan iborat.