Funksional - qiymat tahlili




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

Funksional - qiymat tahlili. Mahsulot tannarxini kamaytirish 
borasida keraksiz va ortiqcha xarajatlarni minimal darajaga keltirish 
mahsulot ishlab chiqarishni loyihalashtirish va uni ishlab chiqarish 
chog‘ida har tomonlama hisobga olish kerak. Bu masalani ijobiy hal 
qilishda FQT asqotadi. FQT – obyektni (mahsulot) texnologik va 
mehnat jarayonlari tizimli tarzda tadqiq qilib, mehnat va moddiy 
resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan chora - tadbirlarni ishlab 
chiqadi. Ushbu tahlil usuli ma’ro‘zalar kursida alohida mavzu sifatida 
ko‘rib chiqiladi.
 
Boshqarish masshtabi va darajasi bo‘yicha 
o‘tkaziladigan tahlil turlari 
 
Xo‘jaliklararo (zavodlararo) qiyosiy tahlil. Qiyoslash (taqqos-
lash) – bu iqtisodiy tahlilning eng ko‘p qo‘llaniladigan usulidir. Qiyosiy 
tahlilining 2 asosiy turi mavjud: ichki zavod tahlili ya’ni tahlilning 
obyekti sifatida shu korxonaga taalluqli xo‘jalik jarayoni o‘rganiladi; 
zavodlararo, qachonki bir qator korxonalarning xo‘jalik faoliyati tahlil 
qilinib, tarmoqdagi ilg‘or tajriba o‘rganiladi. 
Taqqoslama zavodlararo tahlilning mohiyati alohida olingan 


110
korxonalarning xo‘jalik faoliyatini ularning ko‘rsatkichlarini har 
tomonlama o‘rganib, erishilgan natijalar darajasini xolis farqlash va 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash 
hamda ilg‘or tajribalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish natijasida ichki 
xo‘jalik rezervlarini aniqlashdan iboratdir. 
Taqqoslama tahlil korxonaning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarini 
o‘z ichiga olishi mumkin yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kompleks 
xarakterga ega bo‘ladi. Taqqoslama tahlilning mazmuni qo‘yilgan 
maqsad va tekshiriladigan obyektga qarab quyidagicha turkumlanadi: 
- obyekt bo‘yicha (korxona, sexlar, ishlab chiqarish uchastkasi, ish 
joyi); 
- mavzuning (tema) mazmuni bo‘yicha – mehnat predmetlari, meh-
nat vositalari, mehnat va moliya resurslarini tahlil qilish va hokazo; 
- tahlilni o‘tkazish doirasi – kompleks tahlil va maxsus (tematik) 
tahlil. 
Taqqoslama tahlilning eng muhim uslubiy masalalaridan biri o‘rga-
niladigan obyektni bir-biri bilan solishtirish shartlariga rioya qilishdir: 
- taqqoslanadigan ko‘rsatkichlarning sifat jihatdan bir xilligi va 
ularni hisoblash usulining birligi (masalan, mahsulot tannarxiga 
kiritiladigan xarajatlarning bir xilligi); 
- mahsulotni yagona o‘lchash, o‘zgarmas baho bilan o‘lchash, 
jo‘g‘rofiy sharoitlarning o‘xshashligi; 
- taqqoslanadigan davrda ish kunlarining bir xilligi va hokazo. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish