III BOB. IQTISODIY TAHLIL ISHLARINI TASHKIL




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

III BOB. IQTISODIY TAHLIL ISHLARINI TASHKIL 
ETISH VA UNING AXBOROT MANBALARI 
 
 
3.1. Iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil etish zaruriyati 
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti-
ni yaratish maqsadida iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga 
oshirmoqda. 
Bozor munosabatlari sohasida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub-
yektning o‘z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va meh-
nat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri 
boshqarishni ta’minlashi zarur bo‘ladi, ammo, ko‘pgina korxona va 
tashkilotlar iqtisodiy mustaqillik hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar 
tuzish huquqini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng xo‘jalik yuritishning yangi 
sharoitlariga tayyor emasliklari ayon bo‘lib qoldi. 
Bozor iqtisodiyoti sohasida boshqaruv subyektlariga faqat axbo-
rotga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, 
to‘g‘ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish maqsadida foydalanish zarur bo‘ladi. Samarali boshqarishda 
eng muhimi axborot va undan foydalana bilishdir. 
Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri 
uni tahlil qilishdir. Tahlil davomida xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda 
hamda xulosalar chiqarishda asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan 
foydalaniladi. 
Tahliliy ishlarni muvaffaqiyatli, samarali o‘tkazilishi uni har 
tomonlama o‘ylab, sinchiklab tashkil qilinishiga bog‘liq. Uni o‘tkazilishi 
ilmiy xarakterga asoslangan va reja asosida amalga oshirilishi lozim. 
Tahlil ishlari olib borilayotganda, u bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. 
Ushbu bosqichlarni bosib o‘tish jarayonida har bir bosqichning mazmuni 
oldindan aniqlanishi kerak va ularning bajarilishi ma’lum tomonlarga 
asoslangan bo‘lishi lozim. Asoslanishi lozim bo‘lgan tomonlar esa 
quyidagilardan iborat: 


90
1. Korxona faoliyatini tahlil qilish - boshqarishda qaror qabul qila-
digan har bir rahbar, menejerning xizmat burchidir, bundagi asosiy 
tamoyil bu tahlil ishlarini bajaruvchilar o‘rtasida vazifalarni aniq 
taqsimlashdan iborat. 
2. Ishlab chiqarish tarmoqlarida tahlil ishlarini tashkil qilishda eng 
zarur tamoyillardan biri uning tejamliligi, ya’ni kam xarajat qilib yuqori 
samaraga erishish hisoblanadi. 
3. Tahlil ishlarini tashkil qilishda yana bir tamoyil uni o‘tkazishni 
nazorat qilib borishdir. 
Korxona iqtisodiy-moliyaviy ahvolini tahlil qilish bilan shug‘ul-
lanayotgan har bir xodim korxonaning boshqaruv va moliyaviy hisobot 
shakllarini erkin o‘qishni, uning moddalarini tushunishni, shuningdek, 
xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilishi kerak. Korxonalarda 
iqtisodiy tahlilni tashkil etish ixtiyoriylik va amaliyotdagi tajriba hamda 
talabdan kelib chiqqan holda tahlil ishlari tashkil etiladi. Tahlilni tashkil 
etishda o‘rganiladigan mavzularning ko‘lami va ahamiyatiga qarab 
iqtisodchilar bilan bir qatorda korxonaning barcha mutaxassislari hamda 
oddiy ishchisigacha ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. 
Iqtisodiy tahlilni tashkil etishning zaruriyati hozirgi bozor iqtiso-
diyoti sharoitida yanada ortdi, chunki har bir faoliyatning korxona uchun 
manfaatlilik darajasini aniqlashdan, bu faoliyatning iqtisodiy nuqtayi 
nazaridan to‘g‘ri tashkil etilganligiga baho berishdan iboratdir. Iqtisodiy 
tahlilni korxona miqyosida to‘liq tashkil etishga bevosita javobgar bosh 
hisobchi yoki korxona boshqaruvchisi bo‘lishi mumkin. Sherik korxo-
nalarda esa bu masalaga bevosita korxona boshlig‘i yoki iqtisodiy masa-
lalar bo‘yicha korxona boshlig‘ining muovini shug‘ullanishi mumkin 
bo‘ladi. 
Korxonalarda sex yoki brigada ma’lumotlari bo‘yicha iqtisodiy 
tahlilni esa shu bo‘lim boshliqlari tashkil etishlari kerak bo‘ladi. 
Viloyat, tuman yoki tarmoqlar bo‘yicha ma’lumotlarni umum-
lashtirib iqtisodiy tahlilni o‘tkazishga istiqbolni belgilash va statistik 
tashkilotlar yoki yuqori tashkilotlar tarkibida tashkil etilgan iqtisodiy 
tahlil kengashi ish yuritadi. 
Boshqaruvning hamma bo‘g‘inlarida umumiy ishlab chiqarish 
sohasini samaradorligini oshirishda analitik ishni tashkil etish va 
iqtisodiy tahlilni roli oshib bormoqda. Ushbu holatdan kelib chiqib 
iqtisodiy tahlil tashqi va ichki tahlil turlariga bo‘linadi. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III BOB. IQTISODIY TAHLIL ISHLARINI TASHKIL

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish