78
sida bog‘liqlikni, o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyatini yanada chu-
qur anglash, tahlilning materiallarini tizimlashtirish, ularning asosiysi
xarakterli va tipiklarini ajratishga imkon beradi .
Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil etish uchun guruhlashtirish usu-
lini qo‘llashda muayyan talablar e’tiborga olinishi shart. Misol uchun,
tipologik guruhlar tuzishda iqtisodiy qonun-qoidalarga asoslangan
guruhlar tuzishga intilish lozim.
Tuzilish bo‘yicha va omilli guruhlashtirishda esa - guruhlar oralig‘i
imkon qadar bir-biriga mos bo‘lishi zarur. Shuningdek, guruhlar kichik
sondan, yuqoriga borish tartibida tuzilishi, tahlil natijalarining aniqligini
ta’minlash maqsadida guruhlar orasidagi intervallar yaqinroq olinishi,
dastlabki va oxirgi guruh chegarasi ochiq, qolgan oraliq guruhlar
chegarasi yopiq, ya’ni boshlang‘ich va oxirgi guruh chegaralari aniq
bo‘lishi, barcha o‘rganiladigan obyektlar soni tuzilgan guruhlarga imkon
qadar teng taqsimlanishiga rioya qilinishi kerak.
Ushbu ko‘rsatib o‘tilgan talablarga amal qilinishi iqtisodiy tahlil
natijalarini to‘g‘ri va aniq bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.