82
natijaga ta’siri alohida-alohida aniqlanadi, hisoblangan ta’sir miqdorlari
o‘zaro qo‘shib yoki ayrilganda (bu holat vaziyatga ko‘ra amalga
oshiriladi) yakuniy natijani o‘zgarish miqdoriga teng bo‘ladi. Mana shu
tartibdagi hisob-kitoblar zanjirli bog‘lanish usuliga xos bo‘lib, uning
mazmunini tashkil etadi. Zanjirli bog‘lanish usuli mohiyatini amaliy
misolda yanada yaqqolroq ko‘rish mumkin.
19-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki korxonada jami
material xarajatlari rejaga nisbatan haqiqatda 120,0 ming so‘mga ko‘p
bo‘lgan. Ushbu natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishiga material miqdori
hamda bir dona material bahosining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatgan. Bu ikki
omil ta’sirini hisoblash uchun quyidagi hisoblash ishlari bajariladi.
19-jadval