2.6. Mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarni hisoblash usuli Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarni o‘rganish mutlaq miqdorlardan
foydalanishdan boshlanadi. Misol uchun, mahsulot ishlab chiqarish
hajmi (natural va qiymat o‘lchovlarida), tovar aylanish hajmi, mahsulot
ishlab chiqarish tannarxi, yalpi tushum, ishchilar soni va hokazo. Mutlaq
ko‘rsatkichlarhodisa birliklarning o‘lchov, og‘irlik, hajm, davomiylik,
maydon, qiymat va boshqa hodisalarning o‘lchamiga nisbatsiz miqdoriy
o‘lchovini aks ettiradi, nisbiy esa– kattaliklar o‘rganilayotgan hodisa va
kattaliklarning boshqa davr yoki boshqa obyekt bo‘yicha olingan
qandaydir boshqa hodisa yoki kattaliklarga nisbatini ifodalaydi.
Mutlaq miqdorlarsiz tahlil ishlarini amalga oshirib bo‘lmaydi.
Iqtisodiy tahlilda mutlaq miqdorlar voqelikni bilish, tushunish, o‘qish va
o‘rtacha hamda nisbiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda asosiy axborot
bazasi bo‘lib foydalaniladi. Shuningdek, mutlaq o‘zgarish iqtisodiy
tahlilda muayyan ko‘rsatkichni avvalgi davrlarga nisbatan mutlaq
miqdordagi farqlarini ko‘rsatib beradi (15-jadval).
Nisbiy ko‘rsatkichlar bir xil tur va mazmundagi ko‘rsatkichlarni
o‘zaro nisbatini aniqlab foiz, koeffitsiyent, indeks ko‘rinishida aks ettirib
beradi. Ushbu usul reja bajarilishi, o‘sish sur’atlari hamda salmog‘lar
asosida voqeliklarni tarkibiy tuzilish holati kabilarni o‘rganishda keng
qo‘llaniladi (15-jadval). Nisbiy ko‘rsatkichlar bir kattalikni boshqasiga
bo‘lish natijasida olinadi va u taqqoslash bazasiga qabul qilinadi. Bu
73
reja, bazis yil, boshqa korxonaning, o‘rtacha sohaviy ma’lumotlari
bo‘lishi mumkin. Nisbiy kattaliklar koeffitsiyentlar (baza 1) yoki foizlar
(baza 100) shaklida ifodalanadi.
15-jadval «Mustaqillik» fermer xo‘jaligi mulkining tahlili