• 1-DAVR 2-DAVR 3-DAVR ХХ asrning 60-yillari 70-yillar
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    2-chizma. O‘zbekistonda «Iqtisodiy tahlil» fanining yaratilish davrlari. 
    1990-yillarning boshlariga kelib respublikamizda «Iqtisodiy tahlil» 
    faniga oid dastlabki o‘zbek tilidagi adabiyotlar yaratila boshlandi. Ay-
    niqsa, bu davrga kelib buxgalteriya hisobidagi axborotlarni avtomat-
    lashtirish masalalariga keng e’tibor qaratildi. Shu yillari hisob, tahlil, 
    1-DAVR 
    2-DAVR 
     
    3-DAVR 
     
     
    ХХ asrning
    60-yillari 
     
    70-yillar 
     
    80-yillarning 
    birinchi yarmi 
     
    Shakllanish davri 
    Sobiq ittifoq ichida o‘z o‘rniga 
    ega bo‘lish va iqtisodiy tahlil 
    maktabining shakllanish davri 
    Iqtisodiy tahlil maktabining 
    yaratilishi va ittifoq miqyosida 
    matbuot kооperatsiyasi tahlili 
    sohasini egallash davri 
     
    4-DAVR 
     
    5-DAVR 
    80-yillarning 
    ikkinchi yarmi 
    90-yillarning 
    boshlari 
    Iqtisodiy tаhlilning o‘zbek 
    tilida yozilishi vа vujudga 
    kelish davri
     
    Mustaqillik 
    yillari 
    Iqtisodiy tahlilning rivojlanish 
    yillari. Iqtisodiy tahlil bo‘yicha
    asarlarning vujudga kelishi va 
    chop etilishi. Bu bo‘yicha turli 
    qarashlarning paydo bo‘lishi 


    21
    statistika va reja ma’lumotlarini avtomatlashtirish bo‘yicha bir qancha 
    adabiyotlarni R.A.Abdullayev, R.I.Abdukarimov, N.A.Ibrohimov, 
    K.U.Urazov, M.B.Abbosovlar turli nashriyotlarda chop ettirib keldilar. 
    90-yillarning boshlariga kelib tahlil fanining rivojlanish sohasiga 
    yangi-yangi iqtisodchi olimlar kirib kela boshladilar. Bunday iqtisodchi 
    olimlardan A.T.Ibrohimov, B.A.Hasanov, A.Rizaqulov, O.Bobojonov, 
    M.To‘laxo‘jayeva, N.Jo‘rayev, D.Q.Kudbiyev, Z.N.Qurbonov, O.Juma-
    nov, M.Rahimov, A.Abduganiyev, X.Musayevlar «Iqtisodiy tahlil»ning 
    turli qirralariga bag‘ishlangan asarlar yarata boshladilar. 
    O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik sari intilishi samarqand-
    lik olimlarni o‘zbek tilida darslik yozishga da’vat etdi. Bunga rahbar-
    likni professor I.T.Abdukarimov o‘z qo‘liga oldi va nihoyat 1989-yilda 
    I.T.Abdukarimov, M.K.Pardayev, A.A.Abdiyev va V.I.Abdukarimovlar 
    tomonidan «Matbuot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» 
    mavzusida birinchi marta o‘zbek tilida darslik vujudga keldi. U 
    Toshkentdagi «O‘qituvchi» nashriyotida chop etildi. Bu darslikdagi ko‘p 
    iqtisodiy atamalar o‘zbek tilida yozildi, ammo maxsus fanlarni faqat rus 
    tilida o‘qib yurgan talabalar va o‘z ishini rus tilida yuritadigan mutaxas-
    sislar uchun o‘zbek tilidagi atamalarni tushunish anchagina qiyin kechdi. 
    Shu sababli, bu qiyinchilikni osonlashtirish maqsadida samarqandlik 
    olimlar «Savdoga oid iqtisodiy atamalarning ruscha-o‘zbekcha lug‘a-
    tini» ishlab chiqdi va 1990-yilda Samarqand kooperativ institutida va 
    1992-yilda Toshkentning «O‘qituvchi» nashriyotida chop etishga mu-
    vaffaq bo‘ldilar.
    Ushbu kitoblar, maqolalar to‘plami va risolalar bozor iqtisodiyoti 
    shakllanayotgan sharoitda tahlil fanini ilmiy va amaliy jihatdan 
    takomillashuvi uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi muqarrar edi. 
    Ma’lumki, O‘zbekistonda uzoq yillar mobaynida oliy va o‘rta max-
    sus o‘quv yurtlarida tahlil fani, asosan, markaziy shaharlardagi (Moskva, 
    Leningrad, Kiyev) olimlar tomonidan tayyorlangan darsliklar asosida 
    o‘qitilib kelindi, ammo bunda o‘zimizga xos xususiyatlar aks ettiril-
    magan edi. Bu esa 60-yillarga kelib o‘zbekistonlik olimlarni ham bu fan 
    sohasida ijod qilishga da’vat etdi.
    Markazdan chiqadigan darsliklarga muallif sifatida taklif qilinadi-
    gan bo‘lindi. Jumladan, 1966-yilda Moskvaning «Экономика» 
    nashriyotida chop etilgan «Matbuot kooperatsiyasi korxonalar xo‘jalik 
    faoliyatining tahlili» nomli darslikning mualliflari novosibirsklik 
    L.A.Falkovichlar bilan birgalikda samarqandlik olim I.N.Toporovskiy 


    22
    ham taklif qilingan edi. Bu darslikda respublikamizning ba’zi xususi-
    yatlari birinchi marta o‘z ifodasini topdi. 
    Shu fan bo‘yicha 1970-yilda I.T.Abdukarimov, B.A.Zalesskiy va 
    N.Toporovskiy tomonidan Moskvaning «Экономика» nashriyotida 
    «Matbuot kooperatsiyasi korxona va tashkilotlari xo‘jalik faoliyatini 
    tahlil qilish bo‘yicha masalalar to‘plami» o‘quv qo‘llanmasi birinchi 
    marta chop etildi. Bu o‘zbekistonlik olimlarning katta ishonchga sazovor 
    bo‘lganligi va ularning tan olinganligidan dalolat edi.
    Sobiq ittifoq olimlari ichida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani 
    bo‘yicha o‘zbekistonlik olimlarning mavqei uzluksiz oshib bordi. Bu 
    fanga bag‘ishlangan qator monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar 
    va ilmiy maqolalar chop etila boshlandi. 1968-yilda I.T.Abdukarimov 
    tomonidan «Kooperativ savdoda muomala xarajatlari tahlili» Moskva-
    ning «Экономика» nashriyotida, 1971-yilda «Kooperativ savdoda cha-
    kana tovar oboroti tahlili» o‘quv qo‘llanmasi Moskva kooperativ
    instituti nashriyotida, 1973-yilda «Kooperativ savdoda foyda va renta-
    bellik» nomli monografiyasi «Экономика» nashriyotida chop etildi. 
    Muallifning bu asarlari sobiq ittifoq olimlari tomonidan yuksak baho-
    landi. 
    Shunday qilib, 1970-yillarda Samarqandda prof. I.T.Abdukarimov 
    rahbarligida tahlil maktabi tarkib topdi. Natijada Samarqand kooperativ 
    instituti bazasida shu fanning ravnaqiga, uning nazariy va amaliy 
    muammolariga bag‘ishlangan bir qancha ilmiy-amaliy konferensiyalar 
    o‘tkazildi. 
    1970-yillarning ikkinchi yarmiga kelib tahlilchilar safi O‘zbekiston 
    miqiyosida tanila boshlandi va kengaydi. Bu fan bo‘yicha o‘zbek tilida 
    darsliklar paydo bo‘la boshladi. 1973-yilda «O‘qituvchi» nashriyotida 
    N.A.Xan tomonidan tayyorlangan «Qishloq xo‘jalik korxonalari xo‘jalik 
    faoliyatining analizi» nomli oliy o‘quv yurtlari uchun darslik chop etildi. 
    1979-yilda O.Mahmudovning «Qishloq xo‘jalik korxonalarining xo‘jalik 
    faoliyatini analiz qilish» nomli o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga 
    mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmasi ham o‘zbek tilida chop etildi. Bu dars-
    lik va o‘quv qo‘llanmalar respublikamizda iqtisodiy tahlilning taraq-
    qiyoti va istiqboli uchun qo‘yilgan ilk qadamlar edi, ammo respublika-
    mizda qishloq xo‘jalik institutlaridan tashqari barcha oliy va o‘rta 
    maxsus o‘quv yurtlarida maxsus fanlar, jumladan, iqtisodiy tahlil fani 
    ham rus tilida o‘rganilar edi. Shu tufayli qishloq xo‘jaligidan tashqari 
    sohalarda barcha asarlar rus tilida tayyorlandi va chop etildi. 1973-yilda 


    23
    prof. I.T.Abdukarimov va dots. M.K.Pardayevlar tomonidan «Koope-
    rativ savdoda mehnat ko‘rsatkichlari tahlili» nomli kitobi Moskvaning 
    «Экономика» nashriyotida chop etildi. Bu bilan o‘zbekistonlik olimlar 
    tematik tahlil rivojlanishiga yana bir qutlug‘ qadam qo‘ydi, 
    1980-yillar o‘zbekistonlik olimlar uchun juda sermahsul davr bo‘ldi. 
    I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev va A.Abdiyevlar hamkorligida «Xo‘ja-
    lik faoliyatining tahlili»ga bag‘ishlangan to‘rt tomlik albom yaratildi. Bu 
    albomning birinchi qismi «Iqtisodiy tahlilning nazariy asoslariga» 
    bag‘ishlangan. Ushbu albomning ikkinchi tomi «Kooperativ savdoda 
    iqtisodiy tahlil» nomi bilan ataladi. Bunda kooperativ savdo korxonalari 
    xo‘jalik faoliyati batafsil tahlil qilingan, ammo matbuot kooperatsiyasi 
    ko‘p tarmoqli soha. Shu tufayli albomning 3-tomi «Matbuot kooperat-
    siyasi alohida tarmoqlari xo‘jalik faoliyatining tahlili» mavzusiga 
    bag‘ishlangan. Albomning bir tomi matbuot kooperatsiyasi tashkilotlari-
    da barcha tarmoqlardan hisobot qabul qilingandan keyingi o‘tkazila-
    digan tahlil usullarini o‘z ichiga olgan. Bu «Moliyaviy holatning tahlili» 
    deb nomlangan va bunda barcha soha bo‘yicha moliyaviy holatning 
    qanday ahvolda ekanligi to‘g‘risida xulosa qilishga bag‘ishlangan. 
    Ushbu tahlil usullari ham aniq chizmalar orqali yoritilgan. 
    1984-yilda I.T.Abdukarimov tomonidan «Matbuot kooperatsiyasi 
    xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» nomli darslik Moskvaning 
    «Экономика» nashriyotida chop etildi. Bu darslik Ittifoqdagi barcha 
    kooperativ institutlarga va «Buxgalteriya hisobi, nazorat va xo‘jalik 
    faoliyatining tahlili» bo‘yicha mutaxassislik tayyorlaydigan barcha oliy 
    o‘quv yurtlariga tavsiya qilindi. Bu darslikni keng jamoatchilik juda 
    yaxshi kutib oldi. Natijada 1989-yilda ushbu darslik aynan ana shu 
    nashriyotda qayta ishlangan va to‘ldirilgan variantida qaytadan nashr 
    qilindi. 
    O‘zbekistonlik olimlar tahlilning yangi shakli – kompleks tahlil 
    usullarini ishlab chiqishga kirishdi. Natijada 1983-yilda prof. I.T.Abdu-
    karimov tahririda M.Q.Pardayev va YU.S.Sattarovlar tomonidan tayyor-
    langan «Chakana savdoda mehnat samaradorligini kompleks baholash» 
    bo‘yicha uslubiy tavsiya yuzaga keldi. Bu tavsiya «O‘zbekbirlashuv» 
    boshqaruvi tomonidan amaliyotga tatbiq qilish uchun qabul qilindi. 
    Kompleks tahlil bo‘yicha olimlarning maqolalari ittifoqda chiqadigan 
    jurnallarda chop etilishi ularning nufuzini yanada oshiradi. Natijada 
    1986-yilda o‘tkazilgan Butunittifoq ilmiy-amaliy anjumanining asosiy 
    mavzusi ana shu muammoga qaratildi. Ilmiy-amaliy tavsiya sifatida 


    24
    1986-yilda chop etilgan I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev, V.I.Abduka-
    rimov, V.N.Abramovalarning «Matbuot kooperatsiyasida sotsial-iqtiso-
    diy samaradorlikni aniqlash usuli» risolasi qabul qilindi. Bunda mual-
    liflar samaradorlikni kompleks tahlil qilish va baholash masalalarini 
    ko‘tarib chiqdi. 
    Xo‘jalik faoliyatini kompleks baholash borasida ilmiy izlanishlar 
    davom etadi. Endi bir tarmoqda emas, balki ko‘p tarmoqda qanday usul 
    bilan kompleks baholash mumkinligi ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib 
    borildi va nihoyat 1990-yilda V.I.Abdukarimov tomonidan «Axborot-
    larni avtomatlashtirilgan tizimi sharoitida ko‘p tarmoqli matbuot 
    kooperatsiyasi samaradorligini kompleks baholash masalalari» nomli 
    monografiya Toshkentdagi «Mehnat» nashriyotida nashrdan chiqdi. 
    1990-yillarga kelib axborotlarni avtomatlashtirish masalalariga keng 
    to‘xtaldi. Shu yillari hisob, tahlil, statistika va rejalar axborotlarini 
    avtomatlashtirish bo‘yicha bir qancha adabiyotlarni R.A.Abdullayev, 
    V.I.Abdukarimov, N.A.Ibrohimov, K.U.Urazov, M.B.Abbosovlar turli 
    nashriyotlarda chop ettirdi.
    Tahlilning umumiy masalalari bilan birgalikda uning alohida sohasi 
    bo‘yicha ham ishlar qilindi. Jumladan, prof. D.Q.Kudbiyev savdoda 
    asosiy fondlardan samarali foydalanish tahlili muammolari, prof. 
    X.A.Shodiyev esa tayyorlov savdo sohasida intensivlik va samaradorlik-
    ni aniqlash hamda tahlil qilish muammolari bo‘yicha ancha ishlar 
    qildilar. Savdo korxonalarida aylanma mablag‘lar tahlili bo‘yicha bir 
    qancha uslubiy tavsiyalar bilan A.Sh.Sattorov, matbuot kooperatsiya-
    sining ishlab chiqarish korxonalarida asosiy va aylanma mablag‘lar 
    tahlili bo‘yicha U.X. Xudoyberdiyevlar ham samarali ijod qilmoqdalar. 
    Tahlil nazariyasi va usullarini takomillashtirishda Yo.Abdullayevning 
    hissasi sezilarli bo‘ldi. 
    1981-yilda D.Q.Kudbiyev «Savdoda asosiy fondlardan samarali 
    foydalanish tahlili» kitobini, 1990-yilda «Kooperativ savdoda asosiy 
    fondlardan foydalanish tahlilining muammolari», 1989-yilda «Koopera-
    tiv chakana savdoda asosiy fondlar samaradorligini kompleks baholash 
    va tahlil qilish» kabi monografiya va o‘quv qo‘llanmalarini chop etdi. 
    So‘nggi paytlarda iqtisodiy taraqqiyotda samaradorlik va intensivlik 
    ko‘rsatkichlari muhim ahamiyat kasb etdi. Buni inobatga olib, 1990-
    yilda, M.Q.Pardayev va Z.N.Qurbonovlar hamkorligida «O‘qituvchi», 
    nashriyotida «Kooperativ savdoda samaradorlik va intensivlik ko‘rsat-
    kichlari tahlili» mavzusida monografiya, M.K.Pardayev va Sh.U.Hayda-


    25
    rov hamkorligida «Kooperativ savdo korxona va tashkilotlarining 
    moliyaviy ahvolini tahlil qilish» mavzusidagi o‘quv qo‘llanma chop 
    etildi. Bu sohaning rivojlanishiga X.A.Shodiyev ham o‘zining salmoqli 
    hissasini qo‘shdi. 
    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‘ziga xos va 
    mos bozor iqtisodiyotiga asoslangan taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Bu 
    esa olimlardan bozor iqtisodiyotiga oid adabiyotlarni yaratish vazifasini 
    talab qildi. 1991-yilda I.T.Abdukarimov, M.K.Pardayev va Sh.U.Hayda-
    rovlar hamkorligida «Yangi xo‘jalik yuritish sharoitida kooperativ 
    savdoda daromadlar tahlili» risolasini chop etdi. 1993-yilda 
    Z.N.Qurbonovning «Bozor iqtisodiyoti sharoitida savdoda buxgalteriya 
    uchoti va iqtisodiy tahlil» monografiyasi «O‘qituvchi» nashriyotida 
    chop etildi. Shu yili «Zarafshon» nashriyotida muallifning «Savdoda 
    intensivlik mohiyati, ko‘rsatkichlari va ularni oshirish yo‘llari» 
    mavzusidagi kitoblari chop etildi. Olimlar 1994-1999-yillarda tahlil 
    fanining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi muammolariga bag‘ishlangan bir 
    qancha to‘plam va risolalar chop etishga muvaffaq bo‘ldilar. Ushbu 
    kitoblar, maqolalar to‘plami va risolalar bozor iqtisodiyotining shaklla-
    nayotgan sharoitida tahlil fanini ilmiy va amaliy jihatdan takomillashuvi 
    uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi muqarrar. 
    1995-1999-yillarda O‘zbekistonda «Iqtisodiy tahlil» fanining asosiy 
    sohasi bo‘lgan moliyaviy tahlilga bag‘ishlangan bir qancha adabiyotlar 
    chop etildi. Bular jumlasiga, M.Q.Pardayevning «Moliyaviy tahlil 
    metodologiyasi», A.Ibrohimovning «Moliyaviy tahlil» (T.: Mehnat, 
    1995), I.T.Abdukarimovning «Moliyaviy hisobotni o‘qish va tahlil qilish 
    yo‘llari» (T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998, ikkinchi 
    nashri 1999-yilda), I.O.Voljin va V.V.Ergashboyevlarning «Moliyaviy 
    tahlil» (T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998), M. 
    Q.Pardayev va B.I.Isroilovlarning «Moliyaviy tahlil» (T.: «Iqtisodiyot 
    va huquq dunyosi» nashr uyi, 1999), kabi kitoblarni kiritish mumkin. 
    Xulosa qilib aytish mumkinki, respublikamizda iqtisodiy tahlil 
    fanining ravnaqi o‘ziga xos tarixga ega. Bu fan borasida tegishli maktab 
    shakllangan, biroq bu fanning ravnaqi va uning kelajagi oldinda. 
    Respublikamizda savdo va qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha har holda 
    darsliklar yaratilgan va ancha ishlar qilingan, ammo xalq xo‘jaligining 
    muhim tarmoqlaridan bo‘lgan sanoat, qurilish, transport, xizmat ko‘rsa-
    tish sohasidagi korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha hali 
    ancha ishlar qilish lozim. Bu sohalar bo‘yicha hali darsliklar va tegishli 


    26
    adabiyotlar deyarli yaratilmagan. Bunday holat respublikamizning
    ravnaqi uchun, uning kelajakdagi taraqqiyoti uchun keng yo‘l ochib 
    berilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin, chunki sanoat va boshqa 
    iqtisodiyotning taraqqiyoti o‘zimizga xos bo‘lmog‘i lozim. Bu esa ushbu 
    sohalar bo‘yicha o‘zimizga xos iqtisodiy tahlil usullarini ishlab chiqishni 
    taqozo etadi. 
    Ushbu tadbirlarning amalga oshishi, mustaqil davlatimizning musta-
    qil fani – moliyaviy va boshqaruv tahlilining vujudga kelishi va 
    rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Bu fanning kelajakda ahamiyati keskin 
    oshadi, chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har xil korxonalarning 
    xo‘jalik faoliyatini chuqur o‘rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi. 
    Mustaqillik yillarida respublikamizda «Iqtisodiy tahlil»ga oid bir 
    necha o‘nlab darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar va ilmiy 
    maqolalar chop ettirildi. Mustaqqillik yillari tahlil fanining yuksak 
    rivojlanish davri bo‘ldi. Mustaqqillik yillarida oliy ta’lim standartlari 
    hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining davlat standartlariga asosan, 
    «Iqtisodiy tahlil» fanining yangi o‘quv dasturlari yaratildi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish