• Balansshunoslik Balans talqini Balansni tahlil qilish Hisobot tahlili Iqtisodiy tahlil Sotsial-iqtisodiy tahlil
  • bosqichlarida atalgan nomlari




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    bosqichlarida atalgan nomlari 
    Iqtisodiy tahlilning vujudga kelish tarixini ko‘z oldimizga yaqqol-
    roq keltirish uchun bu sohaga bag‘ishlangan adabiyotlarni xronologik 
    jihatdan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. 
    Kishilik jamiyati rivojlanishi davomida bir qancha tuzumlarni o‘z 
    boshidan o‘tkazdi. Jumladan, jamiyat taraqqiyotida sotsialistik tuzum 
    vujudga kelgandan so‘ng tahlil fani rejali iqtisodiyotga asoslangan 
    Balansshunoslik 
    Balans talqini 
    Balansni tahlil qilish 
    Hisobot tahlili 
    Iqtisodiy tahlil 
    Sotsial-iqtisodiy tahlil 
    Xo‘jalik faoliyati tahlili
    Iqtisodiy tahlil 
    Моliyaviy va boshqaruv tahlili 


    11
    ko‘rsatkichlarni va buxgalteriya balansidagi moddalarni batafsilroq 
    o‘rganishga kirishdi. Bu esa tahlil fanining ahamiyatini oshirolmadi. 
    Sobiq ittifoqda 1920-yillarga kelib, ittifoq iqtisodchi olimlaridan 
    R.N.Xudyakov «Aнaлиз бaлanсa» va «Пoпулярний oчeрки бaлaн-
    сoвeдeния» asarlarini, N.A. Kiparisov «Oснoви бaлaнсoвeдeния» va 
    «Растрoение бaлaнсoв и aнaлиз» asarlarini chop ettirdi. Bu kitoblarda, 
    asosan, iqtisodiy tahlil bir yoqlama bo‘lib, faqat buxgalteriya balansi 
    moddalarini tahlil qilish usullari to‘g‘risida fikr yuritilgan. 
    O‘ttizinchi yillarga kelib tahlilning ko‘lami kengaya boshladi. Tahlil 
    qilish uchun faqat buxgalteriya balansi moddalari emas, balki xo‘jalik 
    faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlari ham tahlil etila boshlandi. Natijada 
    tematik tahlil vujudga keldi va ba’zi mavzularga bag‘ishlangan adabi-
    yotlar nashrdan chiqa boshladi. Bunga misol qilib, N.Ye.Kolosovning 
    «Ocнoви экoнoмичeскoгo aнaлизa сeбeстoимoсти в прeдприятияx» 
    (1931-yil), A.R.Aleksandrovskiyning «Кaлкульяция и aнaлиз рaбoти 
    пpeдприятий» (1932-yil), A.F.Masanovning «Бaлaнс и aнaлиз 
    xoзяйствeнной дeятeлнoсти пpeдпpиятий» (1934-yil), A.A.Afanasev-
    ning «Aнaлиз oтчeтa пpoмышлeнних прeдпpиятий» (1938-yil) kitob-
    larini keltirishimiz mumkin. 
    1940-yillarga kelib, sobiq ittifoqda «Xo‘jalik faoliyatini tahlil 
    qilish» fani fan sifatida to‘liq shakllandi, ushbu fan bo‘yicha darsliklar 
    yaratildi va oliy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘tila boshlandi.
    60-70 yillardan boshlab esa iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tahlil 
    fani ixtisoslashib bordi va tahlil fanining bir qancha turlari vujudga 
    keldi. Iqtisodiy tahlil fanining nazariyasi ustida ham ko‘p ishlar olib 
    borildi va tahlil nazariyasi fan sifatida shakllandi. 
    80-yillarning xususiyati shundaki, bu davrda iqtisodiy tahlil 
    fanining nazariyasini yaratish bo‘yicha hududiy maktablar vujudga kela 
    boshladi. Jumladan, Moskvada M.I.Bakanov va A.D.Sheremet 
    rahbarligidagi maktab bular, «Teoрия экoнoмичeскoгo aнaлизa» 
    kitobini 1987-1990, 1995-1997 yillarda qayta nashrdan chiqardilar. 
    Minsk olimlaridan V.V.Osmolovskiy, V.I.Strajev, L.I.Kravchenko, 
    N.A.Rusaklar hamkorlikda 1989-yilda «Teoрия aнaлизa xoзяйствeн-
    ной дeятeлнoсти» darsligini yaratdi. Kiyevlik olimlardan I.I.Karakoz va 
    V.I.Samborskiy hamkorligida 1989-yilda «Teoрия экoнoмичeскoгo 
    aнализа» degan darslik yaratdilar. O‘zbekistonlik olimlardan 
    I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev, M.M.To‘laxo‘jayeva, A.T.Ibragimov, 
    A.Shoalimovlar hamkorlikda tahlil fanining o‘zbek maktabini yarati-


    12
    lishiga asos soldilar. Endilikda barcha MDH davlatlarida «Iqtisodiy 
    tahlil» mustaqil fan sifatida oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinmoqda. 
    Bu albatta korxonalar faoliyatini boshqarishda, uning moliyaviy 
    barqarorligini va raqobatbardoshliligini ta’minlashda eng muhim 
    tadbirlardan biri bo‘lib hisoblanadi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish