302
bilan solishtiriladi va pirovardida, omillar tahlilida korxonaning
moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlil etiladi.
Korxanalar faoliyatini o‘rganishda buxgalteriya hisoboti asosiy
manba bo‘lib xizmat qiladi. Ular moliyaviy ma’lumotlarning umumlash-
tirilishi natijasida tuziladi hamkorlikda ishlovchilar o‘rtasida bir-birini
o‘rganish vositasi bo‘ladi.
Hisobot ma’lumotlari asosida korxona faoliyatini o‘rganishga qizi-
quvchilarni shartli ravishda bevosita va bilvosita talabgorlarga ajratish
mumkin. Birinchi guruhga mulk egalari, qarz beruvchi, mol yetkazib
beruvchi, xaridorlar, soliqchilar, moliyachilar, korxona ishchi va rahbar
xodimlari kiradi. Har bir qiziquvchi o‘zining manfaati va talabiga qarab
moliyaviy hisobotlarni tahlil etadi. Mulk egasi sarmoyadan qanchalik
samarali foydalanilayotganligi, qo‘shma olinadigan daromad summasi
bilan qiziqsa, qarz beruvchi berilgan mablag‘ni qaytarib olish
imkoniyatini oldindan bilishga harakat qiladi. Bilvosita qiziquvchi
iste’molchilarga auditorlik firmalari, birjalar, assotsiatsiya vakillari,
matbuot xodimlari, kasaba uyushmalari va boshqalar kiradi. Ular
moliyaviy holatga aloqador bo‘lmasada, birinchi guruh talabgorlarining
manfaatini himoyalash maqsadida hisobot ma’lumotlarini o‘rganadilar.
Moliyaviy ma’lumotlardan foydalangan holda korxonalar faoliya-
tiga to‘g‘ri baho berish muhim vazifadir. Ushbu kitobda buxgalteriya
hisoboti asosida korxonalar faoliyatining moliyaviy tahlilini o‘tkazish
uslubi bayon etilgan. U moliyaviy hisobotni o‘rganishga qiziquvchi
tadbirkorlar, soliq, moliya, bank tizimi xodimlari va keng kitobxonlar
ommasi uchun mo‘ljallangan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida jamoa, qo‘shma, kichik, hissadorlik,
xususiy va boshqa shakldagi mulkka ega bo‘lgan korxonalar moliyaviy
ahvolini o‘rganishning mazmuni shundan iboratki, bunda o‘z vaqtida pul
tushumlarining kelishi, hisoblashish intizomiga rioya qilish, xususiy va
qarz mablag‘larining to‘g‘ri nisbatga bo‘lishini ta’minlash, moliyaviy
tartib va intizomga, barcha ishlab chiqarish bo‘g‘inlarida iqtisod va
tejamkorlikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalarning
moliyaviy holati ko‘p jihatdan - baho, kredit, foyda va uni iqtisodiy
taqsimlanish mexanizmiga bog‘liqdir. Barqarorlik bo‘lgan joyda barcha
xo‘jalik muomalalari va hisob-kitoblar o‘z vaqtida bajariladi. Shu bois,
bozor, sharoitida har qanday korxonaning moliyaviy ahvolini bilish va
o‘rganishga e’tibor kuchaymoqda.