301
1.
Korxonalarning moliyaviy darajasini baholash.
2.
Moliyaviy holatning o‘zgarishini aniqlash.
3.
Korxonaning to‘lov qobiliyatiga baho berish.
4.
Moliyaviy holatga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish.
5.
Korxonaning moliyaviy barqarorligi va moliyaviy mustah-
kamligiga baho berish.
6.
Korxona balansi likvidligiga baho berish va unga ta’sir etuvchi
omillarni aniqlash.
7.
Aylanma mablag‘lar aylanishiga baho berish.
8.
Korxonalarda qo‘lga kiritilgan moliyaviy holat darajasini ifoda-
lab, bu borada hali foydalanilmagan imkoniyatlarni, mavjud zaxiralarni
ko‘rsatib berish.
9.
Korxonalarda hali foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish
maqsadida tavsiyalar, takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish
shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish.
Bajariladigan vazifalar shuni ko‘rsatayaptiki, moliyaviy holatni tah-
lil qilish korxonalarda shakllanayotgan boshqaruv tizimini takomillash-
tirishda katta ahamiyatga ega. Moliyaviy tahlil boshlanmasdan tahlilning
obyektlari va predmetlari aniqlanishi lozim. Moliyaviy tahlilning asosiy
obyekti, xo‘jalik subyektlari, alohida korxonalar, tashkilotlar hisobla-
nadi, lekin moliyaviy holat korxonalar guruhi, ishlab chiqarish
tarmoqlari miqyosida ham aniqlanishi mumkin.