• Tahlilning asosiy maqsadi
  • Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishda moliyaviy




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet211/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

     


    303
    Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishda moliyaviy 
    tahlilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
    - korxonaning moliyaviy ahvolini har tomonlama o‘rganib, uning 
    holatiga aniq va xolisona baho berish; 
    - mablag‘ va manbalarning joylanishini tekshirish, ularni to‘g‘ri 
    yo‘nalishda ishlatilganligini aniqlash; 
    - hisoblashish ishlarining o‘z muddatida bajarilganligi, debitor va 
    kreditorlik qarzlari tarkibini o‘rganish; 
    - korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘lari bilan qarz mablag‘lari 
    o‘rtasidagi 
    nisbat 
    va 
    aylanma 
    mablag‘larni 
    manba 
    bilan 
    ta’minlanganligini tekshirish; 
    - moliyaviy intizomga qanchalik amal qilishni aniqlash va to‘lov 
    qobiliyatiga baho berish; 
    - korxona mulkining kadrligi va tez pulga aylana olish darajasini 
    o‘rganish; 
    - aylanma mablag‘lardan foydalanishga baho berish va korxonaning 
    moliyaviy ahvolini yaxshilash bo‘yicha takliflar bayon etish va hokazo.
    Tahlilning asosiy maqsadi – moliyaviy faoliyatdagi yutuq va 
    kamchiliklarni aniqlab, mablag‘lardan yanada to‘g‘ri foydalangan holda 
    hisob-kitob tartibini mustahkamlashga qaratiladi. Demak, bu mahsulot 
    ishlab chiqarish va uni sotish, xarajatlarni tejash, pul-moliya aloqalari va 
    boshqa faoliyatlarning bir-biriga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Moliyaviy 
    tahlilni bajarishda zarur bo‘ladigan manbalarga korxona balansi, unga 
    qilingan ilovalar va boshqa hisobot ma’lumotlari kiradi. Shuningdek, 
    buxgalteriyaning sintetik va analitik schetlari ma’lumotlaridan ham keng 
    foydalanish lozim, chunki keyingi yillarda tuziladigan hisobotlarning 
    hajmi qisqarib, tahlil imkoniyatlarini chegaralashga olib kelmoqda. Ay-
    niqsa, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, maxsus va maqsadli 
    mablag‘lar, zaxira jamg‘armasi, foyda va zararlar, turli xil hisob-
    kitoblar, qimmatli qog‘oz va veksellar bo‘yicha ma’lumotlardan ko‘proq 
    foydalaniladi. Bular xo‘jalik faoliyatining to‘g‘ri boshqarilishi, uning 
    moliyaviy barqaror bo‘lishi va to‘lov qobiliyatining yaxshilanishiga 
    bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishda moliyaviy

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish