299
moliyaviy holati, ularning istiqbolini aniqlash bilan birga,
bu korxona
bilan aloqada bo‘lgan boshqa tashkilotlar va korxonalarning moliyaviy
holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Korxonalarning ishlab chiqarish, xo‘jalik
faoliyatini, jumladan, ularning moliyaviy holati tahlili asosini bir butun
kompleks iqtisodiy fanlar:
iqtisodiy nazariya, makro va mikro iqtisodi-
yot, menejment va marketing, statistika, buxgalteriya hisobi, audit, moli-
ya, kredit, pul muomalasi
va boshqalar tashkil etadi, demak, tahlilchi
mutaxassis-auditorlar keng iqtisodiy ilmga ega bo‘lishlari lozim.
Korxonalarning moliyaviy
holatini tahlil qilish, ya’ni moliyaviy
tahlil – bu keng ko‘rsatkichlar yordamida, kompleks usullaridan foyda-
lanib korxonalarning
moliyaviy resurslari borligini, holatini,
joylash-
ganligi va ulardan foydalanish darajasini ifodalashdir.
Moliyaviy tahlil ko‘p qirrali murakkab jarayon bo‘lib, u tashkil
qilinishi, buning uchun esa bir qator talablarga asoslanishi kerak. Bu