Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

Ko‘rsatkichlar 
Reja 
Haqiqatda 
Farqi 
(+,-) 
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, ming so‘m 
22610 
28400 
+5790 
2. Mahsulot hajmi, amaldagi bahoda, ming so‘m 
28400 
32600 
+4200 
3. 1 so‘mlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan xarajat, 
tiyin 



a) 78,6; 87,1; +8,5. 
b) 79,6; 87,1; +7,5. 
d) 80,4; 86,4; +6. 
e) 82,2; 86,4; +4,2. 
 
12. Mahsulot tannarxining o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir 
qiladi? 
a) materiallar bahosi, tarkibi, tuzilmasining o‘zgarishi; 
b) ish haqining o‘zgarishi; 
d) material xarajatlar bahosi tarkibining o‘zgarishi, me’yor 
o‘zgarishi; 
e) noto‘g‘ri javob yo‘q. 


295
 
 
 
III BO‘LIM. 
 MOLIYAVIY TAHLIL 
 
 
 
IX BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING 
MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI 
 
9.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini 
o‘rganishning ahamiyati, tahlilning maqsadi, vazifalari va axborot 
manbalari 
 
Mustaqillik, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida turli mulk shakli-
dagi korxonalar faoliyatiga to‘liq erkinlik berdi. Ayniqsa, savdo-sotiqqa 
nisbatan erkin munosabat yuritish, hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish 
uchun sherik tanlay bilish, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot va uni 
sotishdan olgan daromadga to‘liq egalik qilish huquqini berdi va bu 
moliyaviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga bevosita ta’sir etadi.
Yangicha ish yuritish, jumladan, tashqi va ichki bozordan tajribali 
mijoz va hamroh tanlash bilan birga ularning moliyaviy imkoniyatlarini 
o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini 
yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib kelgan va 
shunday bo‘lib qoladi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning 
ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish 
darajasini aniqlashga yodam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniq-
lab; korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini 
yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. 
Respublikamiz iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazish bilan 
korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishni ahamiyati yanada ortdi, 
chunki bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan 
resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish dolzarb muammoga 
aylanadi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi, rivojlanishi ko‘p ukladli bo-
zor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbi-


296
larmonlikni rivojlantirish shunga olib keladiki, korxonalar faoliyatini 
moliyaviy natijalari – foyda va rentabellik korxonalar faoliyatini asosiy 
ko‘rsatkichlariga aylanadi. 
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tayotgan 
bir sharoitda, iqtisodiyot sektorlarining uzluksiz faoliyat yuritishi va 
barqaror rivojlanishi muhim hisoblanadi. Mustaqil mamlakatimiz 
dastlabki yillardanoq sobiq ittifoq respublikalari singari rejali va 
markazlashtirilgan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun 
qadam qo‘ya boshladi. Mustaqillik yillarida respublikamizda iqtisodiy 
islohotlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Respub-
likamiz bozor iqtisodiyotiga o‘tishda o‘ziga xos va mos bo‘lgan bos-
qichma-bosqich hamda kuchli ijtimoiy muhofaza qilish yo‘lini tanladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichida iqtisodiyotni 
isloh qilishning g‘oyat muhim yo‘nalishlarini belgilab beruvchi asosiy 
ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. Shu jihatdan, O‘zbekistonda isloh 
qilish – mulkdorlar sinfini shakllantirish masalasini tubdan hal etish 
bilan belgilanadi. Mazkur masalalarni to‘g‘ri mushohada qilgan holda 
Prezidentimiz I.Karimov shunday degan edi: - «Oldimizda turgan 
birinchi va asosiy vazifa - bu izchil iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy 
o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish 
va ilg‘or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti 
bo‘lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosi-
dir».
1
deb ta’kidlagan. Bu, Respublika iqtisodiyotida faoliyat yuritayot-
gan barcha soha korxonalari foyda ko‘rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti 
talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishi yoki xizmat 
ko‘rsatishini talab etadi. 
Shu jihatdan qaraganda, korxonalarning barqaror faoliyat yuriti-
shida, ishlab chiqarish jarayonining barcha elementlari, shu jumladan, 
buxgalteriya hisobi, audit va iqtisodiy tahlil mukammal ishlashi kerak. 
Iqtisodiyot sektorida bozor munosabatlarini chuqurlashtirish ushbu 
sohada iqtisodiy islohotlarni yanada jadallashtirishni taqozo etadi. Shu 
sababli, moliyaviy hisobot shakllari va ularning tahlilini takomil-
lashtirish, uni barcha sektorlarning tuzilmasiga va o‘zgarishlariga mos 
tarzda qayta qurish, korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini o‘rganish 
va nazorat qilishning maqsadli shaklini ishlab chiqish hamda qaror 
toptirish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Shu 
1
И.Каримов. «Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида». Т.: «Ўзбекистон». 1995 
й. 


297
jihatdan ham, keyingi yillarda respublikamizda boshqaruv va moliyaviy 
tahlilga e’tibor kuchaygan. Bu esa bu borada ilmiy tadqiqotlar olib 
borishni hamda zamonaviy iqtisodchi mutaxassislar tayyorlashni taqozo 
etmoqda.
Ushbu holatni hisobga oladigan bo‘lsak, korxonalarning moliyaviy 
holatini baholash va uning tahlilini to‘g‘ri tashkil etilishi hamda takomil-
lashtirilib borilishi bozor iqtisodiyotining eng dolzarb masalalaridan biri 
ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim bo‘ladi. Korxonalarning moliyaviy 
holatini tahlil etish orqali uni yanada sog‘lomlashtirish imkoniyatlariga 
baho beriladi hamda moliyaviy mustahkamligi kuchaytiriladi. 
Agar ilgari korxonalarning xo‘jalik faoliyatini, ularning moliyaviy 
holatini tahlil qilish bilan faqat moliya, bank, statistika organlari va 
yuqori tashkilotlar shug‘ullangan bo‘lsalar, endilikda bu ish bilan 
yuqorida ko‘rsatilagan tashkilotlardan tashqari soliq organlari, auditorlik 
idoralari, jamoa tashkilotlari, aksionerlar, ta’minlovchilar, iste’molchilar 
va boshqa organlar, tashkilotlar ham shug‘ullanishmoqda. 
Bu holat moliyaviy tahlil, jumladan, uni bajarish uslubi oldiga yangi 
talablar qo‘ymoqda. 
Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil 
qilish, jumladan, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishning 
uslubiy masalalari markazda - butun ittifoq organlari tomonidan ishlab 
chiqilgan va muammolar yechilgan ittifoqdosh respublikalarga foyda-
lanish uchun jo‘natilgan. 
Sobiq ittifoqning parchalanishi tufayli ittifoqdosh respublikalar 
mustaqil davlatlarga aylandi, ulardan har bittasi bozor munosabatlariga 
o‘tish uchun o‘z yo‘lini tanlab, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni davom 
ettirib, bozor iqtisodiyotini shakllantirmoqda. Ular orasida O‘zbekiston 
ham o‘zining bozor iqtisodiyotiga o‘tish modelini ishlab chiqib, xalq 
xo‘jaligini bozor munosabatlari sharoitida rivojlantirgan holda ijobiy 
natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda. 
Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni huquqiy 
bazasini tashkil qiluvchi Respublika Qonunlari, Prezident Farmonlari va 
Qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining yuzlab qarorlari qabul qilindi 
va qabul qilinmoqda. 
Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng 
asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu boshqaruv tizimini takomillashtirish 
hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo‘jalik 
faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish muhim rol o‘ynaydi, chunki 
korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tizimi samaradorligini 
oshirishning muhim sharti hisoblanadi. 


298
Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi korxonalar 
moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy 
hisobot shakllari qabul qilindi, ularni o‘rganish va ulardan keng 
foydalanish uslublarini barpo etish muhim ahamiyatga ega. 
Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani yechish 
maqsadida moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir qator 
tadbirlar amalga oshirilmoqda, lekin bu borada hali yechilmagan 
muammolar ham kam emas. Moliyaviy tahlil o‘tkazishdan manfaatdor 
tashkilotlar, organlar, mutaxassislar hali ham ilmiy, ham amaliy nuqtayi 
nazardan asoslangan uslub bilan ta’minlanmagan. Bu holat, albatta 
bozor munosabatlarini shakllantirish davrida korxona va tashkilotlarga 
samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy rol o‘ynamoqda.
Moliyaviy holat davlat, tashkilot va shaxslar o‘rtasida bo‘ladigan 
o‘zaro munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq pul hisob – kitob-
larini ifodalaydi. Moliyaviy holat korxonani mablag‘ bilan ta’min-
langanligi, barcha turdagi mablag‘larni maqsadga muvofiq yo‘nalishi va 
ulardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi, budjet, bank, xomashyo 
yetkazib beruvchilar, xaridorlar va boshqa tashkilotlar bilan olib 
boriladigan hisob-kitob holati bilan xarakterlanadi. Korxonani moliyaviy 
holati barqaror, nobarqaror va krizis darajasida bo‘lishi mumkin. 
Moliyaviy barqarorlikka ega bo‘lgan korxonalarda ishchi va xizmat-
chilar bilan ish haqi, budjet, bank, mol yetkazib beruvchilar bilan bo‘la-
digan hisob – kitob ishlari o‘z muddatida amalga oshiriladi. Moliyaviy 
intizomga rioya qilmaslik, debitorlik va kreditorlik qarzlarini ortib 
ketishiga olib keladi va muddati uzaytirilgan qarzlarni surunkali davom 
etishi bankrotlik alomatlarini vujudga keltiradi. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish