• Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishning muhim yo‘nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet249/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

     
     
    9.10. Aylanma mablag‘larning aylanishini tahlili 
     
    Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi deganda ularning pulga 
    aylanish tezligi tushuniladi. Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi koef-
    fitsiyenti joriy aktivlarning moddiy aktivlar va debitorlik qarzlariga 
    bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar bevosita korxonaning 
    bozordagi faolligini tavsiflaydi. Aylanma mablag‘larning aylanuvchan-
    ligi korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkich 
    bo‘lib, u asosida biznesni boshqarishda resurslar cheklanganligi va ular-
    dan unumli foydalanish darajasi tahlil qlinadi va uning muhim yo‘na-
    lishlari belgilanadi. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishning 
    muhim yo‘nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
    - mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)lar ishlab chiqarish 
    va sotish hajmini o‘stirish; 
    - mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larni iste’molchilarga 
    yetib borishi va ular bo‘yicha hujjatlar aylanishini tezlashtirish; 
    - aylanma mablag‘lar bo‘yicha me’yoriy zaxiralar saqlanishiga amal 
    qilish; 


    349
    - aylanma mablag‘larning me’yordan ortiqchaligini maqsadli 
    boshqarishni yo‘lga qo‘yish (mollarni imtiyozli shartlarda sotish, ijaraga 
    berish va hokazolar); 
    - aylanma mablag‘larni qayta baholashni balans tuzish sanasiga 
    hisobga olish va to‘g‘ri belgilash; 
    - aylanma mablag‘larni hisobdan chiqarishning xalqaro usullaridan 
    foydalanish; 
    - korxonaning hisob siyosatini, shuningdek, aylanma mablag‘larini 
    baholash usulini belgilashda tarmoq rivoji va texnologik jarayonlarning 
    murakkabligiga ahamiyat berish; 
    - tugallanmagan ishlab chiqarishni to‘g‘ri baholash; 
    - aylanma mablag‘lar normativini belgilash; 
    - aylanma aktivlar aylanishini tezlashtirish maqsadida tovar va 
    moddiy boyliklarni sotish bo‘yicha hisob-kitoblarning zamonaviy 
    shakllaridan foydalanish; 
    - mahsulotlarni markazlashgan holda sotib olish, sotuvchi va sotib 
    oluvchining monopolligini cheklash; 
    - moddiy aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishda texnik va 
    texnologik yangilanishni ta’minlash va hokazolar. 
    Moliyaviy tahlilning muhim qismi aylanma mablag‘lardan samarali 
    foydalanganlikni o‘rganish egallaydi, bunda, aylanma mablag‘lar, 
    ayniqsa, ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, 
    tayyor mahsulot, debitorlik qarzlari, pul va valuta mablag‘lari, qimmatli 
    qog‘ozlar harakatini o‘rganish muhimdir.

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish