345
Pulga aylanish tezligiga qarab, korxona aktivlari quyidagi guruh-
larga ajratiladi:
1. Doimiy harakatdagi aktivlar.
2. Tez sotiluvchi aktivlar.
3. Sekin sotiluvchi aktivlar.
4. Qiyin sotiluvchi aktivlar.
Doimiy harakatdagi aktivlar guruhiga balansdagi barcha pul
mablag‘lari va qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, ya’ni qimmatli
qog‘ozlari kiradi. Bunday aktivlar doimo qarz majburiyatlarini to‘lash
uchun tayyor turgan mablag‘ hisoblanadi, bu pul mablag‘i ko‘p bo‘lgan
korxonalar bilan iqtisodiy aloqalarni, o‘zaro hisob-kitoblarni kelishilgan
muddatlarda bajarish imkonini beradi.
Tez sotiluvchi mulklarga balansning II bo‘lim aktividagi debitor
qarzlarni ko‘rsatish mumkin. Bu mablag‘lar ham zurur bo‘lgan hollarda
to‘lov vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Sekin sotiluvchi aktivlarga balans-
ning «Tovar-moddiy zaxiralari» jami tushunilib, naqd pul mablag‘lari
yetishmagan hollarda to‘lov majburiyatlarni qoplashga sarflanishi
mumkin. Qiyin sotiluvchi guruhlarga esa «Asosiy vositalar va boshqa
oborotdan tashqari aktivlar» kiradi. Bu mulk turli ishlab chiqarishda
uzoq muddat qatnashib, o‘z qiymatini asta-sekin yaratilayotgan mahsu-
lotlarga o‘tkazib beradi. Shuning uchun ham asosiy vositalarning pulga
aylanib, to‘lov vositasi va majburiyatlarni uzishga manba bo‘lishi ko‘p
vaqtni talab etadi.
Korxona aktivlari, albatta, o‘z va qarz kapitali hisobiga manbalan-
ganligi bois, uning passiv tomoni ham to‘lov majburiyatlarining muddati
va shartidan kelib chiqqan holda tarkibiy o‘rganishni talab etadi.
Shu