342
qoplashga sarflanadi. Bu ko‘rsatkichni qanchalik yuqori bo‘lishi
kreditorlarda qarzni uzishga bo‘lgan ishonchini ta’minlaydi.
Joriy likvidlik koeffitsiyentining me’yor ko‘rsatkichi 1 dan 2 gacha
hisoblanadi, ammo, barcha tarmoqlar uchun yagona me’yor belgilanishi
maqsadga muvofiq emas, chunki, bu ko‘rsatkich darajasi korxonaning
faoliyat turi, uning tuzilishi va balans aktivining sifati, operatsion
jarayon davomiyligi, kreditorlik qarzlarni qoplanish muddatlari va h.k.
larga bog‘liq. Joriy likvidlik koeffitsiyenti darajasining hisob – kitobiga
ko‘ra likvidlik yil boshi va yil oxirida me’yor darajasida, uning o‘sish
su’rati 1,08 koeffitsiyentni tashkil etgan. Joriy likvidlik koeffitsiyen-
tining darajasi ko‘p jihatdan zaxiralarni tashkil etish manbalari uzoq
muddatli majburiyat va korxonaning o‘z kapitaliga bog‘liq. Uning
darajasini oshirish uchun o‘z kapitalini manbalar bilan to‘ldirish,
aktivlar va debitorlik qarzlar o‘sishini turg‘un holda saqlashdan iborat.
Mazkur ko‘rsatkichdan korxona aktivi likvidligini baholash va uzoq
muddatli istiqbolda to‘lovga qodirligini aniqlashda foydalaniladi. Oborot
aktivlarini qisqa muddatli majburiyatlardan ikki marotaba ortiq bo‘lishi
korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy holatini barqaror o‘sishi
uchun zamin yaratadi. Buning natijasida ishchi kapitali yoki «sof oborot
aktivi» shakllanadi.
86-jadval