9.8. Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili
Korxonalar ko‘p turdagi iqtisodiy aloqalarni, jumladan, xomashyo
va materiallar sotib olish, tayyor mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq
bo‘lgan hisob-kitoblarni bajarishadi. Shuningdek, davlat budjeti, moliya,
338
bank, sug‘urta va kreditorlar bilan munosabatda bo‘linadi. Ularga hisob
berishni belgilangan muddatda amalga oshirish, moliyaviy tartib
intizomiga rioya qilish katta ahamiyatga ega.
To‘lov qobiliyati deyilganda, xo‘jalikning muddati kelgan to‘lov
majburiyatlarni bajarish uchun zurur bo‘lgan mablag‘larni yetarli yoki
kamchiligini aniqlash tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
korxonalarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishi muhim va bu uning o‘z
vaqtida zarur bo‘lgan qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini belgilaydi.
Korxona balansi ma’lumotlarga asoslanib, to‘lov qobiliyatining qay
ahvoldaligi hisoblanadi. Buning uchun korxonaning to‘lash uchun zarur
bo‘lgan mablag‘lari bilan qarz majburiyatlarini solishtirish mumkin.
To‘lov mablag‘lariga pul mablag‘lari, jo‘natilgan tovar va mahsu-
lotlar qiymati (hali pul kelib tushmagan), debitor sotishdagi tushum va
boshqalar kiradi, shuningdek, qisqa muddatga olingan ssudalar ham
vaqtincha to‘lov majburiyatlarni amalga oshirish uchun manba bo‘lishi
mumkin. Qimmatli qog‘oz, aksiya, obligatsiya sotishdan olingan
mablag‘ va qo‘shimcha korxonalarda qatnashishdan kelgan daromadlar
ham to‘lov majburiyatlarini bajarishdagi manba bo‘lishi kerak. To‘lov
majburiyatlariga mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga, budjet va
sug‘urtaga, mehanat haqi, turli xil kreditorlarga bo‘lgan va boshqa
turdagi qarzlar kiradi. Korxonaning ma’lum bir kundagi to‘lov
qobiliyatini aniqlash uchun shu muddatdagi to‘lov majburiyatlari bilan
mablag‘lar solishtiriladi.
Korxona balansi aktividagi moddalarni pulga aylanishi aktiv
likvidligi, to‘lovga qodirlik (to‘lov qobiliyati) esa muddatida va to‘liq
hajmda qarzlardan uzulishni ifodalaydi.
To‘lovga qodirlikning zarur va muhim sharti likvidlikdir.
«To‘lovga qodirlik» so‘zi keng ma’noni anglatadi, chunki u
aktivdagi moddalarni tez pulga aylanishidan tashqari, savdo, kredit va
boshqa pul muomalalari bilan bog‘liq majburiyatlarni muddatida va
to‘liq hajmda bajara olish qobiliyatini ham ifodalaydi.
|