336
Ko‘rsatkichlar to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun, eng avvalo
ularni ilmiy asoslangan holda tasniflash lozim. Xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning moliyaviy holatini baholashda koeffitsiyentlardan
foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, moliyaviy koeffitsiyentlar
orqali moliyaviy holatining ma’lum bir jihatlariga baho berish imkoni
yuzaga keladi. Respublikamizdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar
amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan moliyaviy koeffitsiyentlarni
quyidagi jadval misolida tahlil qilib chiqamiz.
84-jadval
Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili
Ko‘rsatkichlar
Yil
boshiga
Yil oxiriga
O‘zgarishi
(+,-)
1. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti
0,641
0,817
+0,176
2. To‘lov qobiliyati koeffitsiyenti
2,061
4,223
+2,162
3. Qarz va o‘z mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat
koeffitsiyenti
0,560
0,223
-0,337
4. Zaxira va xarajatlarni o‘z manbalari bilan
qoplanganlik koeffitsiyenti
0,978
1,372
+0,394
5. Mablag‘larning chaqqon harakatchanlik
koeffitsiyenti
0,594
0,721
+0,127
Buxgalteriya
balansi