331
Ichki omillarga quyidagilarni kiritish mumkin.
- korxona faoliyatini tarmoq xususiyatiga mos kelishi;
- ishlab
chiqarilayotgan mahsulot, ko‘rsatilayotgan xizmat tuzilishi
(strukturasi);
- ustav kapitaliga to‘langan miqdor hajmi;
- xarajatlar miqdori, ularni daromadlarga nisbati dinamikasi;
- mol-mulk va moliyaviy resurslar holati, shu jumladan,
zaxira va
rezervlar, ular tarkibi va tuzilishi.
Tashqi omillarga xo‘jalikni yuritishning iqtisodiy shartlari,
to‘lovga qodirlik, xaridorlarning daromadlik
darajasi,
davlatning soliq
va kredit bo‘yicha siyosati, tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqalar kiradi.
29-chizma. Korxona barqarorligining turlari.
Umumiy barqarorlik chegarasini yuqori yoki past bo‘lishi turli xil
sabablarga bog‘liq (-chizmaga qarang).
-
«Barqarorlik zaxirasi» - bir necha yillar davomida shakllangan
moliyaviy zaxiralar miqdori tasodifiy va keskin tashqi kutilmagan
o‘zgarishlarni oldini olishga qaratilgan.
-
texnik – iqtisodiy barqarorlik – investitsiya
loyihalari samara-
dorligi, texnika bilan qurollanish darajasi, ishlab chiqarish, mehnat,
boshqaruvni tashkillashtirish; pul oqimlarini harakati tufayli foydaga
erishishni ifodalaydi.
-
moliyaviy barqarorlik – daromadni xarajatlarga nisbatan va re-
surslar holatini yuqori bo‘lishi, pul mablag‘larining erkin harakatini
ta’minlaydi, mablag‘lardan samarali foydalanish ishlab chiqarish
uzluksizligi, uni kengaytirish va yangilanishi uchun zamin yaratadi.
Moliyaviy barqarorlik o‘z va chetdan jalb etilgan kapitallar nisbati,
joriy, investitsiya va moliyaviy faoliyat tufayli o‘z kapitali
Umumiy barqarorlik
Tashqi
Ichki
Texnik iqtisodiy
Moliyaviy
Barqarorlik
zaxirasi
332
jamg‘armasini o‘sish darajasi, harakatchan va immobilizatsiya qilingan
resurslar nisbati, zaxiralarni o‘z mablag‘lari manbayi bilan
ta’minlanishini ifodalaydi. Demak, moliyaviy barqarorlik moliyaviy
resurslar holati birinchidan,
bozor talabiga mos kelishi, ikkinchidan,
ishlab chiqarishni rivojlanishini ta’minlashi lozim.
Moliyaviy barqarorlik tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin.
30-chizma. Korxona moliyaviy barqarorligini turlari.
-
joriy – konkret (aniq) davr mobaynidagi moliyaviy barqarorlik;
-
imkon – tashqi sharoit o‘zgarishini hisobga olgan holdagi
moliyaviy barqarorlik;
-
yuzaki – davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, chetdan
beriladigan yordam tufayli moliyaviy barqarorlik;
-
real – raqobat sharoitida kengaygan takror ishlab chiqarish
imkoniyatlarini hisobga olgan holdagi moliyaviy barqarorlik.
Professional so‘z boyligida «moliyaviy barqarorlik»
terminini
ishlatilishi bir xil ma’noni anglatmaydi.
Chet el iqtisodiy adabiyotlari va jahon amaliyotida «moliyaviy
barqarorlik» so‘zini ifodalanishidagi farqlanish korxona balansi tahliliga
ikki xildagi yondoshish, ya’ni balans likvidligini an’anaviy va
zamonaviy funksional usullarini qo‘llash orqali yuzaga keladi.
Moliyaviy barqarorlikni balans likvidligi tahlilining an’anaviy usuli
orqali aniqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
minimal moliyaviy tenglik qoidasi – ijobiy likvidlikka asoslan-
gan bo‘lib, bunda joriy aktivlar likvidligining o‘sishi majburiyatlarga
nisbatan yuqori bo‘lishi shart;
-
maksimal qarzdorlik qoidasi – an’anaviy me’yorlarga muvofiq
korxona qarzini o‘z mablag‘lari bilan qoplanish chegarasi: uzoq va o‘rta
muddatli qarzlar doimiy kapitalning yarmidan yuqori bo‘lmasligi lozim.
-
maksimal moliyalashtirish qoidasi – oldingi qoidaga rioya qilin-
Moliyaviy barqarorlik
Joriy
Yuzaki
Real
Imkon
333
gan holda qarz kapitali barcha qo‘yilmalar uchun to‘lanadigan foiz
summalaridan ortib ketmasligi lozim.
- Funksional balans likvidligini tahlili orqali moliyaviy barqarorlik
quyidagi shartlarga rioya qilgan holda aniqlanadi:
-
moliyaviy muvozanatni saqlanishi uchun stabil resurslar – doi-
miy kapital va unga tenglashtirilgan mablag‘lar stabil joylashtirilgan
aktivlarni 100 % qoplashi lozim. Nisbatni 100 % dan past bo‘lishi stabil
joylashgan mablag‘lar stabilga ega bo‘lmagan resurslar bilan, ya’ni
qisqa muddatli majburiyatlar shaklida moliyalashtirilganligini
ifoda-
laydi. Oborot aktivlariga bo‘lgan talab qisqa muddatli moliyalashtirish
tufayli hisobot davri mobaynida o‘zgarib turadi va bu o‘zgarishlar
quyidagilarga olib keladi:
- oborot aktivlarini ortiqcha ta’minlanishiga, buning natijasida
vaqtinchalik erkin harakatdagi oborot mablag‘lari vujudga keladi;
- oborot aktivlari bilan yetarli darajada ta’min etilmasligiga, buning
natijasida chetdan qarz mablag‘larini jalb etilishiga;
-
umumiy qarzdorlikni baholash – chetdan jalb etilgan qarz mab-
lag‘lari o‘z mablag‘lariga nisbat ko‘rinishidagi ifodasidir.
31-chizma. Korxona moliyaviy barqarorligini tahlil etish usullari