328
· Ishlab chiqarishni to‘xtatmasdan, mahsulot sotish imkoniyati
borligini;
· Korxonalar faoliyatining umumiy mustahkamliligini;
· Korxonalar faoliyatiga to‘g‘ri boshqaruchilik qilinayotganligini;
· Korxonalarda mavjud moliyaviy resurslarni bozor munosabat-
larining talablariga javob berishligini;
· Korxonalarning zaxira va xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qop-
lovchi manbalar borligi darajasini ko‘rsatadi.
Moliyaviy mustahkamlik korxonalar moliyaviy resurslarining shakl-
lanishi va ulardan foydalanish bilan aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy
barqarorligiga korxonalarning butun xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyati-
ning hamma yo‘nalishlari ta’sir ko‘rsatadi. Unga ham ichki, ham tashqi
omillar, shart-sharoitlar ta’sir etadi.