324
Bozor indikatorlariga esa bozor qiymati va buxgalteriya hisobida
aks etgan baho (nominal qiymat, tannarx) orasidagi farq summalari
o‘rganiladi.
Bu koeffitsiyentlar ichida bizning mavzuga taalluqli bo‘lgan
koeffitsiyentlar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagicha aniqlanadi:
Xususiy kapital rentabelligi. Bu rentabellik turida har bir so‘mlik
xususiy kapitalimiz hisobiga to‘g‘ri kelgan sof foyda qiymati
o‘rganiladi. Buning uchun,
Sof foyda
Xususiy kapitalning yillik o‘rtacha qiymati
ko‘rinishida hisob-kitob ishlarini bajarishimiz kerak.
Xususiy kapitalning o‘rtacha yillik qiymatini topish uchun yil
boshidagi va yil oxiridagi summalarini yig‘indisini ikkiga bo‘lib
aniqlaymiz.