323
Tashkil etilgan fond esa quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
1. Ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun.
2. Korxona hisobot yilida foyda olmagan bo‘lsa imtiyozli aksiyalar
uchun dividend berish.
3. Boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun.
Taqsimlanmagan foyda – bu korxonaning hisobida turgan sof
foydasini ko‘rsatadi. U ham xususiy kapital tarkibiga kiruvchi eng
asosiy ko‘rsatkichlardan sanaladi, lekin faoliyat yurituvchi korxonalar
har safar ham foyda bilan chiqmasligi mumkin. Bu holda uning zarari
xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar deb yuritiladi. Mazkur ikkala
qiymat ham 8710 – «Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplan-
magan zarar)» hamda 8720 – «Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)»
schotlarida yuritilib, ularning farqi ishoralari orqali aniqlanib olinadi.
Moliyaviy tahlilni olib borishda koeffitsiyentlar usuli eng ilg‘or
metodlardan hisoblanib, bizning o‘rganayotgan mavzuimizni ham
ularsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.