• Buxgalteriya balansini passiv moddalarining tahlili
  •  Mablag‘lar manbayi tahlili




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet224/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    9.4. Mablag‘lar manbayi tahlili 
    Balansning passiv qismida korxona mablag‘larini qoplash manbalari 
    ko‘rsatiladi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mablag‘larni 
    to‘ldirish quyidagilardan iborat: 
    1. O‘zlik mablag‘larning manbalari. 
    2. Majburiyatlar. 
    Bunda eng muhim o‘rinni korxonaning o‘ziga qarashli bo‘lgan us-
    tav kapitali, qo‘shilgan va rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda (qop-
    lanmagan zarar), maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va 
    to‘lovlari uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari egallaydi. Ustav 
    kapital korxona ixtiyoridagi doimiy berkitilgan asosiy va aylanma 
    mablag‘larning hajmini ko‘rsatadi. U turli xo‘jalik muomalalari ta’sirida 


    321
    o‘zgarib turadi. Bunga foydaning taqsimlanishi hisobiga to‘ldirilish, 
    homiylarning a’zolik badallari, asosiy vositalarning qayta baholanishi va 
    boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. Mablag‘larning ko‘paytirish manbala-
    ri tarkibida foyda alohida o‘rinni egallaydi. Foyda hajmining ko‘payishi 
    eng avvalo Ustav jamg‘armasini to‘ldirishga va boshqa rezerv jamg‘ar-
    malari yaratilishiga olib keladi. Amortizatsiya va boshqa fondlarning 
    tashkil bo‘lishi ham bozor sharoitida mazmunan o‘zgarmoqda.
    Kredit va boshqa mablag‘larga qisqa, o‘rta, uzoq muddatga 
    mo‘ljallab olingan kreditlar, o‘z muddatida uzilmagan ssudalar va bosh-
    qa qarz mablag‘lari kiradi, shuningdek, kreditorlar bilan hisoblashishlar 
    va boshqa passivlar ham shu yerda inobatga olinadi. Bunda kreditorlik 
    qarzlaridan tashqari budjetga, sug‘urta va mehnat haqi yuzasidan 
    korxonaning qarzlari ko‘rsatiladi.
    Bozor iqtisodi qonuniyatlari va talabidan kelib chiqqan holda korxo-
    nada qarz kam bo‘lgani ma’qul. 3-jadvalda korxona mablag‘larining 
    manbalari ko‘rsatilgan. 
    82-jadval
    Buxgalteriya balansini passiv moddalarining tahlili 


    Download 2,53 Mb.
    1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish