• «Uzoq muddatli aktivlar»
  • Joriy aktivlar»
  • «O‘z mablag‘lari manbalari»
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet220/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

     
    Rahbar 
    Руководитель _____________________________________ 
     
    Bosh buxgalter
    Главный бухгалтер ______________________________ 
     


    313
    Balans ma’lumotlarida ishlab chiqarishni uzluksiz olib borish uchun 
    zarur bo‘lgan va hisobot tuzish davriga qiymat shaklidagi mol-mulki 
    hamda uni qoplashga jalb qilingan manbalar o‘z aksini topadi. Bu ko‘r-
    satkichlar mol-mulk hajmi, tarkibi va qiymatini qay darajadaligini ifoda-
    laydi. Shuningdek, mol-mulkning moliyalashtirish manbalari, ya’ni o‘zi-
    ga tegishli manbalar va chetdan qarzga jalb qilingan manbalar holati 
    ham passivda keltirilgan. Balansdagi har bir band bo‘lim korxonalarning 
    moliyaviy holatiga bog‘liq, shuning uchun ham uni chuqur o‘rganish 
    lozim. 
    Aktiv qism - asosiy va aylanma mablag‘larning holatini ko‘rsatib, 
    moliyaviy xo‘jalik jarayonini yuritish vazifasini bajarishda bu mulklar-
    dan foydalanadi. Mulk to‘plangan moliyaviy hamda davlat tashkilotlari 
    mablag‘i, xususiy shaxslar jamg‘armasi, hissador va ta’sischilarning 
    ulushi, bank krediti, chet ellik sarmoyadorlar va hokazo mablag‘lar 
    evaziga sotib olinadi. Ayrim hollarda ta’sischilar asosiy vosita va 
    moddiy boyliklarning o‘zini berishi ham mumkin. Asosiy va aylanma 
    mablag‘lar ishlab chiqarish faoliyatini uzluksiz yuritishga xizmat qiladi. 
    O‘z-o‘zidan bu faoliyat davomida o‘zgaradi, harakatda bo‘ladi va tarkibi 
    yanada yangilanadi. 
    Balansning birinchi bo‘limi «Uzoq muddatli aktivlar» deb 
    nomlanib, nomoddiy aktiv va asosiy vositalar boshlang‘ich, eskirish va 
    qoldiq qiymatda, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, tugallanmagan kapital 
    va uzoq muddatli qo‘yilma ta’sischilar bilan hisob-kitoblar va boshqa 
    oborotdan tashqari bo‘lgan aktivlardan iboratdir. Nomoddiy aktivlar 
    korxonaga daromad keltirish yoki uning ishlab chiqarishini yuritishga 
    shart-sharoit yaratuvchi, natural buyum shakliga ega bo‘lgan mulkiy 
    huquqiy qiymatlar, patentlar, mualliflik huquqi, savdo markalari, «Nou-
    xau», yerdan, suvdan va boshqa tabiiy boyliklardan, bino, inshoot va 
    qurilmalardan foydalanish huquqlaridan iborat bo‘ladi, shuningdek, bu 
    bandda hissadorlik jamiyati boshqaruvi kelishuviga muvofiq Nizom 
    jamg‘armasini tashkil etish uchun ajratgan nomoddiy aktivlari ham aks 
    etadi. Nomoddiy aktivlar tarkibida korxona manfaati uchun kelgusida 
    ishlatilishi mo‘ljallangan ilg‘or texnologiyalardan foydalanish huquqi, 
    ularni olib kelish va ishlatishga tayyorlash xarajatlari qo‘shilgan holda 
    aks etadi. Bu holat qo‘shma korxonalardagi O‘zbekiston Respub-
    likasining rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs bilan xorijiy sarmoyadorlar 
    hamkorligi tufayli ko‘proq vujudga keladi. 
    Ishlab chiqarish va xizmat binolari, inshootlar va uskunalardan 


    314
    foydalanish xarajatlari ijara haqi summasiga teng bo‘ladi. Umuman 
    nomoddiy aktivlar boshlang‘ich bahoda ko‘rsatiladi, xizmat muddatiga 
    qarab uning eskirishi hisoblanadi va balans jamlanganda qoldiq 
    bahodagi summa qo‘shiladi. «Asosiy vositalar» bandida balans tuzilgan 
    vaqtgacha bo‘lgan 0100 schotlari qoldig‘i ko‘rsatiladi. Bu schotning 
    debetida yil davomida kirim qilingan, kreditida esa yil davomida chiqib 
    ketganlari aks ettiriladi. Asosiy vositalar bo‘yicha eskirish hisoblanadi. 
    To‘liq tiklash uchun hisoblangan amortizatsiya summasiga eskirish teng 
    deb shartli qabul qilinadi. Amortizatsiyani hisoblash maxsus me’yorlar 
    asosida (boshlang‘ich yoki tiklash bahosiga nisbatan foiz hisobida) 
    aniqlanadi. Me’yorlar har bir asosiy vosita turlari bo‘yicha differen-
    siyalashgan, lekin amortizatsiyani hisoblashda asosiy vositalarning 
    xizmat muddati tugaguncha, boshlang‘ich yoki qoldiq qiymatini eskirish 
    sifatida yangi yaratilayotgan qiymatga o‘tkazishi lozim. Hisoblashning 
    tezlashgan me’yorini qo‘llash mumkin, faqat bu tartib faol qatnashuvchi 
    (mashina, uskuna va transport) vositalarga taalluqli. 
    Asosiy vositalarning eskirishi 0200 schotlarida hisoblangach, 
    shunga qarab amortizatsiyalashgan yoki qoldiq bahodagi asosiy vositalar 
    hajmi aniqlanadi, ya’ni boshlang‘ich bahodan (0100 schot) eskirish 
    summa (0200 schot) ayirib topiladi. Shu bandda uzoq muddatga ijara 
    olingan, ishlatilishi yoki kontservatsiyada turganligidan qat’iy nazar 
    balansidagi asosiy vositalar qiymati aks etadi. Balansning qolgan 
    qismida kapital qo‘yilmalar, shu‘ba korxonalardagi aksiyalar, shu‘ba 
    korxonalarga berilgan qarzlar, uyushma korxonalardagi aksiyalar, 
    uyushma korxonalariga berilgan qarzlar, uzoq muddatli investitsiyalar 
    va boshqa aktivlar ko‘rsatiladi. Bu xo‘jalik yoki pudrat usulida 
    bajarilayotgan tugallanmagan kapital qurilish asosiy foda tuzish xara-
    jatlar, moddiy boyliklar qidirish ishlari uchun sarflar va shu maqsadlarga 
    ajratiladigan mablag‘larni ko‘rsatadi. Kapital xarajatlarni korxona o‘z 
    mablag‘i yoki uzoq muddatli kredit evaziga bajarishi mumkin. 
    «Uzoq muddatli investitsiyalar» bandida hamkorlikda ishlashga 
    kelishganlarning korxona ustav fondiga qo‘shgan hissasi yoki bergan 
    qarzi, bir yildan ortiq muddatga qimmatli qog‘oz uchun qo‘ygan 
    mablag‘i ko‘rsatiladi. Qimmatli qog‘ozlar mulk egasining huquqini aks 
    ettirib, ma’lum darajadagi qo‘shimcha foydaning foizi daromad 
    keltiradi. Bunday qog‘ozlar boshqa korxonalarning aksiya va 
    obligatsiyalari, davlat tomonidan chiqarilgan ichki zaym hamda bankdan 
    sotib olingan uzoq muddatli jamg‘armali sertifikatlardir. Bu band uchun 


    315
    summani 0600 «Uzoq muddatli investitsiyalar» schotlari qoldig‘idan 
    olinadi. 
    Balans aktivining II bo‘limi «Joriy aktivlar» deb nomlanib, asosiy 
    o‘rinni «Tovar-moddiy zaxiralar» bandi egallaydi. Bu bandda korxona 
    ishlab chiqarishini yuritishga zarur bo‘lgan buyumlar jamlanadi. Unda 
    xomashyo va materiallar, sotib olingan yarimtayyor mahsulotlar va 
    butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va detallar, urug‘, yem-xashak, 
    yoqilg‘i, idishlar va idishbop materiallar, ehtiyot qismlar, qayta ishlash 
    uchun chetga berilgan materiallarning haqiqiy tannarxi (sotib olish va 
    olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar) ko‘rsatiladi. Ushbu bo‘limning yangi 
    xususiyati shundaki, arzon baholi va tez eskiruvchan buyumlar boshlan-
    g‘ich, eskirish va qoldiq baholarda keltiriladi hamda balans jamlanganda 
    faqat qoldiq bahodagi, ya’ni yaroqli qiymati qo‘shiladi. 
    Pul mablag‘lari, valuta mablag‘lar, g‘aznadagi pullar, qisqa mud-
    datli qo‘yilmalar bandlarida material shaklida bo‘lmagan boyliklar aks 
    ettiriladi. Bu mablag‘larning hajmi korxonaning ixtisoslashganligi, 
    bozor munosabatlarida ta’minotning tashkillashtirilishi va boshqa ko‘p-
    gina sabablarga bog‘liq. Masalan, sanoatda pul salmog‘i yuqori bo‘lsa, 
    savdo tashkilotlarida esa debitorlar bilan hisob-kitoblar ko‘p bo‘lishi 
    mumkin, chunki bu tovarlarni sotishga borib qadaladi. Eng avvalo, 
    debitorlar bilan hisob-kitoblar ko‘rsatiladi, chunki hozirgi sharoitda bu 
    masalani tahlil qilib turish zarur. Debitorlar boshqa yuridik (korxona, 
    tashkilot va muassasa) va jismoniy shaxslar to‘lashi lozim bo‘lgan 
    qarzdorlardir. Qarzdorlarni shartli ikki guruhga ajratish mumkin: odatda-
    gi va asoslanmagan. Odatdagi qarzlarga ishlab chiqarish, tovarlar sotish 
    va xizmat ko‘rsatishga avvaldan qarz berish, da’vo qilish va shu kabi 
    munosabatlar tufayli yuzaga kelgan, ammo to‘lash muddati hal etma-
    ganlari kiradi. Asoslanmagan qarzlar faoliyat davomidagi kamchiliklar, 
    tovar va moddiy boyliklarning kamomadi, o‘g‘rilik va har xil yo‘qolish-
    lar hisobiga paydo bo‘ladi. Bu holat doimo nazoratda bo‘lib, muntazam 
    tahlil etib borishni talab qiladi. Umuman, debitor qarzlarning mavjudligi 
    moliyaviy ahvolga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois tovar, bajarilgan ish 
    va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan veksellar bo‘yicha, sho‘ba 
    korxonalari, budjet, xodimlar va boshqa debitorlar bilan bo‘lgan muno-
    sabatlar xususida balans tuzilgan davrdagi holat ko‘rsatiladi. II bo‘lim 
    aktivida mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan avanslar va 
    qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar ham keltiriladi.
    Mablag‘larni o‘rganishda pul mablag‘lari tahlili alohida o‘rinni 


    316
    egallaydi. Bunday mablag‘lar hisob-kitobiga, valuta schoti va g‘azna-
    dagi pullar tushuniladi. Mazkur mablag‘lar to‘lov majburiyatlarini 
    bajarilishida birlamchi vosita bo‘lib xizmat kiladi. Ayniqsa, hisob-kitob 
    va valuta schotidagi mablag‘lar mahsulot yetkazib beruvchilar, 
    pudratchilar, ishchi-xizmatchilar, budjet, bank, sug‘urta va boshqalar 
    bilan bo‘ladigan aloqa manbayidir. Shu tufayli bu masala alohida 
    o‘rganilishi lozim. Shu yerda o‘tgan va joriy yildagi ko‘rilgan zararlar 
    ham aks ettirilishi kerak. 
    Korxona mulki va mablag‘larning kelib chiqish manbalari 
    balansning passivida ko‘rsatiladi. Bular o‘ziga qarashli va chetdan jalb 
    qilingan manbalarga ajratiladi. Jalb qilingan manbalarga bank kreditlari 
    va kreditorlik qarzlari kiradi.
    Passiv ham xuddi aktiv qism kabi ikkita bo‘limdan iborat. Balans 
    passivining birinchi bo‘limi «O‘z mablag‘lari manbalari» deb 
    nomlanib, bunda ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, 
    taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar, maqsadli tushum va 
    fondlar kelgusi davr sarflari va to‘lovlari uchun rezervlar, kelgusi davr 
    daromadlari aks ettiriladi. Passivning «Ustav kapitali» bandida xo‘jalik 
    faoliyatini yuritish uchun ajratilgan mablag‘lar ko‘rsatiladi. Hissadorlik 
    jamiyatlarida esa har bir qatnashchining qo‘shgan hissasi ustav fondida 
    ko‘rsatiladi. Dividend sifatida taqsimlanadigan sof foyda hajmi ham 
    qo‘shilgan hissaga qarab aniqlanadi. Ustav fondi bozor iqtisodi sharoi-
    tida yuridik shaxs sifatida korxonaning o‘ziga tegishli mablag‘i va 
    aksionerlarning qo‘shgan hissasidan iborat bo‘ladi. Har bir qatnashchi 
    shaxsiy hissasiga qarab korxonaning xo‘jalik va moliyaviy faoliyatiga 
    aralashadi. Hamkorlikdagi, hissadorlik, qo‘shma va kichik korxona-
    larning nizom jamg‘armasi hajmi qatnashchilar qo‘shgan badallar 
    miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 
    Qo‘shilgan kapital, rezerv kapital bandlarida korxonaning boylikla-
    rini qayta baholanishidan, olgan foydasidan tashkil etilgan rezervlardan, 
    qo‘shimcha aksiyalar chiqarish natijalaridan ko‘paygan xususiy manba-
    lar ko‘rsatiladi. 
    Passiv I bo‘limiga taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) ham 
    kiritiladi. Bu bandning summasi korxonani olgan foydasi miqdoriga va 
    uning taqsimlanishiga bog‘liqdir. Korxona o‘z oldidagi foydadan 
    to‘lashi lozim bo‘lgan majburiyatlarini bajarib bo‘lgandan so‘ng, qolgan 
    qoldiq kelgusida rezerv sifatida foydalanilishi ko‘zlanib qoldiriladi. 
    Taqsimlanmagan foyda bandi o‘tgan yillardagi foydadan qolgan summa-


    317
    larni ham ifodalaydi. Balansda korxonaning o‘z mablag‘lari manbayi qan-
    cha ko‘p ulushni egallasa, shunchalik moliyaviy ahvol ishonchli bo‘ladi. 
    Balans passivining ikkinchi bo‘limi «Majburiyatlar» deb nomlanib, 
    unda korxonaning uzoq muddatli joriy majburiyatlari aks ettiriladi. Uzoq 
    muddatli majburiyatlarga uzoq muddatli bank kreditlari va uzoq 
    muddatli qarzlar hamda shu kabi uzoq muddatli majburiyatlar kiritiladi. 
    Bank kreditlari ishlab chiqarishni texnik jihozlash, asosiy vositalar sotib 
    olish va ko‘rish, asosiy poda tashkil qilish va boshqa ko‘pgina istiqbolli 
    loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida olinishi mumkin. 
    Qarzlar bandida esa boshqa korxonalardan (bankdan tashqari) olingan 
    qarz summalari ko‘rsatiladi. Bu bandlarni to‘ldirish uchun zarur 
    ma’lumotlar «Banklarning uzoq muddatli kreditlari» va «Uzoq muddatli 
    qarzlar» schotlar qoldig‘idan olinadi. 
    II bo‘lim passivini o‘rganish ham katta ahamiyatga ega. Balans 
    passivining ikkinchi bo‘limi «Majburiyatlar» deb nomlanib, bu bo‘limda 
    qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlarini, korxona ishchi-
    xizmatchilari uchun bank kreditlari, tovarlar, bajarilgan ishlar, xizmatlar 
    uchun, berilgan veksellar, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha, ijtimoiy 
    himoyalash, sug‘urta, ta’minot, mulkiy va shaxsiy sug‘urta, budjet bilan, 
    undan tashqari to‘lovlar, sho‘ba korxonalari bilan bo‘ladigan hisob-
    kitoblar ko‘rsatiladi. Bulardan tashqari xaridorlar va buyurtmachilardan 
    olingan avanslar, ko‘zda tutilgan daromadlar, xarajatlar va to‘lovlar 
    zaxirasi, dargumon qarzlar bo‘yicha zaxiralar va boshqa qisqa muddatli 
    passivlar ham ushbu bo‘limda aks ettiriladi. Ushbu bo‘lim passivida juda 
    ko‘p buxgalteriya hisobi schotlarining kredit qoldig‘i keltiriladi. 
    Korxona balansini o‘rganishda asosiy e’tibor yil boshida o‘tgan davrda 
    mulk va mablag‘larning qanchalik o‘zgarganligi hamda aktivdagi har bir 
    band passivdagi manbalar bilan qanchalik ta’minlaganligiga qaratiladi. 
    Shunday qilib, korxona balansining tuzilish shakli doimo takomil-
    lashtirilgan. Bu takomillashtirish quyidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga 
    oladi: 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish