319
hamkorlik, kichik va boshqa korxonalarning katta-kichikligiga, ixtisos-
lashuvi va bozor sharoiti raqobatlariga bardoshligiga bog‘liqdir.
Moliyaviy tahlilning muhim xususiyatlaridan biri korxona mulki,
zaxiralar va xarajatlarni har tomonlama o‘rganishdir. Bunday mablag‘lar
tarkibiga ishlab chiqarish zaxiralari, ya’ni xomashyo va materiallar,
sotib olingan yarimfabrikatlar va komplektlovchi buyumlar, konstruk-
siya va detallar, ikkilamchi materiallar va o‘rnatilgan asbob-uskunalar,
ehtiyot qismlar, parvarish va boquvdagi chorva mollari, urug‘ va yem-
xashak, arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiradi. Ular korxo-
naning bir me’yorda ishlashi hamda mahsulot ishlab chiqarishi va
shartnoma bo‘yicha sotish rejasini ta’minlashga yetarli bo‘lishi lozim.
Shuningdek, zaxira va xarajatlar tarkibiga o‘simlik va chorvachilik
bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr chiqimlari, tayyor
mahsulot va boshqalar ham kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish
xarajatlarini ham o‘rganish va tahlil etish lozim bo‘ladi. Quyidagi
jadvalda korxona mulkining hajmi va tarkibi keltirilgan. Uni tuzishda
balans ma’lumotlaridan foydalanib, sof, ishlatishga layoqatli boyliklar
holati o‘rganiladi. Keltirilgan ma’lumotlar balansning jami summasiga
teng bo‘ladi.
81-jadval