318
chiqarish tarmoqlarining mablag‘lari va ularni qoplovchi manbalarining
xususiyatlari e’tiborga olingan.
To‘rtinchidan, xalq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazilishi
munosabati bilan korxona balansi bozor iqtisodiyotining talablariga
javob beradigan yo‘nalishda takomillashtirilmoqda.
Beshinchidan, moliyaviy tahlil o‘tkazishni yengillashtirish maqsa-
dida balans-bruttodan balans-nettoga o‘tildi.
Oltinchidan, respublikamiz jahon iqtisodiyoti bilan integratsi-
yalashib borar ekan, mamlakatda buxgalteriya hisobi va hisobotni
tashkil qilish xalqaro standartlarga o‘tkazilamoqda.
Yuqorida aytilganidek, korxona balansi ikki shaklda bo‘lishi mum-
kin: balans-brutto, balans-netto.
«Brutto» atamasi italyancha «brutto» so‘zidan olingan bo‘lib, u da-
g‘al, toza emas degani, «netto» atamasining ma’nosi toza demakdir.
Sobiq ittifoq davrida ham balans-brutto, balans-netto keng foydala-
nilgan. Balans-brutto 1938-yilgacha bo‘lgan, 1938-1952-yillarda balans-
nettoga o‘tilgan, 1952-1992-yillarda balans-bruttoga qaytilgan, 1993-
yildan boshlab, yana balans-nettoga o‘tildi.
Balans-brutto, balans-nettoda korxona mablag‘lari har xil ifodalana-
di. Balans-bruttoda tartibga soluvchi moddalari bo‘lib, korxona mablag‘-
larini, ularning manbalari haqiqiy hajmlarini aniqlashda to‘sqinlik qiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, moliyaviy tahlilni o‘tkazish uchun balans-
netto ma’lumotlaridan foydalanish lozim.
Buxgalteriya balansini tahlil qilishga tayyorlash uni tuzishning
to‘g‘riligini va ayrim moddalarining aniqligini tekshirishni, balans
ko‘rsatkichlari bilan hisobotning boshqa shakllari o‘rtasidagi
bog‘lanishni aniqlashni, uning ayrim ko‘rsatkichlarini tartibga soluvchi
summalardan «tozalash»ni va yirikroq pul o‘lchamidagi summalarni
yaxlitlashni nazarda tutadi.