Jami mablag‘lar formulasi orqali topiladi. Bu koeffitsiyent qanchalik birga
yaqinlashib borsa korxonaning mustaqilligi shunchalik oshib boradi.
Bizning respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar bu
koeffitsiyentning kamida 50 % ga ega bo‘lishlari lozim.
9.5. Aylanma mablag‘larni qoplashga o‘zlik manbalarining yetarliligi yoki yetishmasliligi tahlili Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarning moli-
yaviy holatini tahlil etishda moliyaviy tahlilning korxona moliyaviy ho-
latini umumiy baholash bosqichidan keyingi eng asosiy bosqich bo‘lib –
korxonaning moliyaviy mustahkamligi tahlili bosqichi hisoblanadi.
Ushbu bosqichda korxonaning aylanma mablag‘larini qoplashga korxo-
naning o‘z mablag‘larini yetarli yoki yetishmasligi ham o‘rganiladi.
Balans ma’lumotlariga qarab korxonani aylanma mablag‘lari
qanday manbalar hisobiga tashkil etilganligi o‘rganiladi. Bunday
tahlilning zarurligi shundaki, korxonalarni moliyaviy mustaqilligi,
barqarorligi, kredit olishga layoqatliligini aniqlashda o‘zlik manbalar
bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi muhim ahamiyatga ega. Quyidagi
jadvalda zaxira va xarajatlarni qoplashga o‘zlik manbalarning
yetarliligini aniqlash uslubi keltirilgan.
Quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan
xo‘jalik subyektida hisobot yili boshiga nisbatan yil oxirida 268911
ming so‘mga o‘z mablag‘lari manbalari ko‘paygan. Xo‘jalik subyek-
tining uzoq muddatli aktivlari esa yil boshiga nisbatan 16701 ming
326
so‘mga ortgan. Buning natijasida korxonada joriy yil oxiriga kelib tovar-
moddiy zaxiralarni qoplashga tegishli o‘zlik manbalari hajmi 252210
ming so‘mga ko‘paygan. 83-jadval Tovar-moddiy zaxiralarni qoplashga tegishli manbalar bilan