337
4. Zaxira va xarajatlarni o‘z manbalari
bilan qoplanganlik
koeffitsiyenti quyidagi tartibda aniqlanadi:
O‘z mablag‘lari manbalari + uzoq muddatli majburiyatlar – uzoq muddatli
aktivlar (480+490-130 satr)
--------------------------------------------------------------------------------
Tovar-moddiy zaxiralar (140 satr)
5.
Mablag‘larning chaqqon harakatchanlik (manyovrlashganlik)
koeffitsiyenti quyidagi tartibda aniqlanadi:
O‘z mablag‘lari manbalari + uzoq muddatli majburiyatlar – uzoq muddatli
aktivlar (480+490-130 satr)
--------------------------------------------------------------------------------
O‘z mablag‘larining manbalari (480 satr)
Yuqoridagi jadval ma’lumotlariga ko‘ra, xo‘jalik subyektining
moliyaviy ahvoliga to‘g‘ri baho berish uchun
buxgalteriya balansiga
asoslangan holda moliyaviy koeffitsiyentlardan foydalanamiz. Shunga
ko‘ra, korxonaning moliyaviy mustaqillik
koeffitsiyenti yil boshiga
nisbatan 0,176 koeffitsiyentga yoki 17,6 % ga o‘sgan. To‘lov qobiliyati
koeffitsiyenti yil boshiga nisbatan 2,162 koeffitsiyentga o‘sgan. Mazkur
koeffitsiyentlarning bunday tartibda o‘zgarishi korxonaning moliyaviy
holatini joriy yil boshiga nisbatan yil oxirida
birmuncha yaxshilanib
borayotganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari korxonada
majburiyatlarning o‘z mablag‘lariga nisbatan
ulushini pasayganligini
ham ijobiy baholamoq lozim, ya’ni bu korxonaning
majburiyatlarini
qisqarganligidan dalolatdir. Mablag‘lar harakatchanligi esa yil boshiga
nisbatan yil oxirida 0,127 koeffitsiyentga o‘sgan.
Bu esa korxonada
aylanma mablag‘larga bo‘lgan talabni yanada to‘laroq qondirib borish
imkonini beradi. Umuman olganda korxona ma’lumotlari asosida uning
moliyaviy koeffitsiyentlari o‘rganilganda,
ushbu koeffitsiyentlarning
o‘zgarishi ijobiy bo‘lgan.