boshlamasdan oldin yana bir muammoni hal qilish lozim. Bu moliya-




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

boshlamasdan oldin yana bir muammoni hal qilish lozim. Bu moliya-
viy mustahkamlik atamasining mazmuni haqidagi muammodir. Ushbu 
muammoli savolni yechish maqsadida quyida iqtisodchi olimlarning 
fikrlari bilan tanishish lozim.
Moliyaviy mustahkamlikning mazmuni shundan iboratki, moliyaviy 
mustahkamlikni o‘lchash, baholash uchun foydalaniladigan ko‘rsatkich-
lar tizimini chegaralab olish lozim.
Bunga ko‘ra, V.G.Artemenko, M.V.Bellendirlarning fikricha mo-
liyaviy mustahkamlik korxona moliyaviy resurslarini shakllanish, taq-
simlanish va foydalanish samaradorligini ifodalaydi. 
Ma’lumki, korxonalar moliyaviy resurslarining shakllanish, taqsim-
lanish va foydalanish samaradorligi ularning umuman moliyaviy holati 
bo‘lsa, moliyaviy mustahkamligi korxonalar faoliyatini faqat bir 
shaklini, yo‘nalishini ifodalaydi. 
A.D.Sheremet, R.S.Sayfulinlarning fikricha moliyaviy mustah-
kamlik va to‘lashga qodirlik bir mazmunga ega bo‘lib, to‘lashga qodirlik 
moliyaviy mustahkamlikning tashqari ko‘rinishini ifodalaydi deb 
ta’kidlanadi. A.N.Li va S.I.Shevchenkolar ham xuddi shu fikrga ega. 
Ular o‘z maqolalarida moliyaviy mustahkamlik koeffitsiyentining tahlili 
to‘g‘risida to‘xtalib, to‘lashga qodirlik ko‘rsatkichini tahlil etganlar. 
Haqiqatda moliyaviy mustahkamlik va to‘lashga qodirlik har xil 
mazmunga ega bo‘lib, bu moliyaviy ko‘rsatkichlar turli usulda 
aniqlanadi. Undan tashqari A.N.Li va S.I.Shevchenkolar moliyaviy 
mustahkamlikni moliyaviy barqarorlik deb qabul qilishgan. Bu ham 
bizning fikrimizcha notug‘ri. Moliyaviy barqarorlik bu – korxonalarning 
moliyaviy holatini zaruriy bir xil darajada turishini, pasaymasligini 
ifodalaydi. Moliyaviy mustahkamlik to‘g‘risida gap borar ekan, yana 
ikkita narsaga e’tibor berish lozim. Bu moliyaviy mustahkamlikning 
kriteriyasi va moliyaviy mustahkamlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
tizimi. A.N.Li va S.I.Shevchenkolarning fikricha, moliyaviy mustah-
kamlikning kriteriyasi aniqlanishi lozim va bu kriteriya sifatida 
korxonalarning bankrot bo‘lishi ehtimolligining past darajasi tavsiya 


330
etiladi. Bizningcha esa, avvalambor, moliyaviy mustahkamlikning 
darajasiga binoan korxonalarning bankrot bo‘lish ehtimolligi aniqlanil-
maydi. Moliyaviy ko‘rsatkichlarni, shu jumladan, moliyaviy mustah-
kamlik bo‘yicha ham kriteriyalar emas, optimal yoki me’yoriy darajalari 
tasdiqlanishi kerak. 
Iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy mustahkamlik darajasini o‘lchash 
uchun har xil ko‘rsatkich tizimlari tavsiya etiladi. A.N.Li va 
S.I.Shevchenkolar moliyaviy mustahkamlikni aniqlash uchun korxona 
kapitalining tarkibiy ko‘rsatkichlari, V.G.Artemenko va M.V.Bellendir-
lar esa moliyaviy mustahkamlikni tahlil etishda nisbiy ko‘rsatkichlar 
bilan birga absolut ko‘rsatkichlardan ham foydalanishgan. 
Moliyaviy mustahkamlik albatta, nisbiy ko‘rsatkichlar, zaxiralar va 
xarajatlar hamda ularni qoplovchi manbalar nisbati bilan aniqlanishi 
lozim. Zaxira va xarajatlar bilan ularni qoplovchi manbalar o‘rtasidagi 
absolut farq esa – moliyaviy mustahkamlikni ko‘rsatmaydi. Ulardan 
faqat moliyaviy mustahkamlikni aniqlash uchun axborot bazasi sifatida 
foydalaniladi. Shunday qilib, iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy mustah-
kamlikni tahlil qilishdagi eng asosiy muammo, uning iqtisodiy mazmuni 
bo‘yicha iqtisodchi olimlar o‘rtasida kelishuvchanlik hali mavjud emas 
ekan. 
Moliyaviy barqarorlik keng qamrovli ko‘rsatkich bo‘lib, korxona 
faoliyatining barcha tomonlari natijasi unda aks etadi. Moliyaviy barqa-
rorlikka erishgan korxonalar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: 
- bozor munosabatlarini har xil sharoitlarida ham faoliyat yurita 
olishi;
- korxona pul mablag‘larini erkin harakat qilishi; 
- moliyaviy resurslarni bozor talablariga mos kelishi; 
- moliyaviy resurslar holati ishlab chiqarishni rivojlantirish va to‘lov 
qobiliyati, kreditga layoqatligini ta’minlay olishi; 
- ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlarini manbalar bilan 
qoplanishi. 
Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda moliyaviy barqarorlikka taalluqli 
ko‘rsatkichlar, ularni hisoblash yo‘llari va tahlili yetarlicha yoritilmagan. 
Moliyaviy barqarorlik mazmun jihatidan turlicha ta’riflanadi. 
To‘lov qobiliyati, balans likvidligi, korxonani bozor faolligi ko‘rsat-
kichlari, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari sifatida ko‘rilishi mutlaqo 
noto‘g‘ri. 
Tahlil davomida moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi ichki va 

Download 2,53 Mb.
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



boshlamasdan oldin yana bir muammoni hal qilish lozim. Bu moliya-

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish