341
shuncha yuqori bo‘ladi. Oz miqdordagi mablag‘ga ega bo‘lib, pul
mablag‘larini kirimi va chiqimini muddati va miqdorini nazorat qilish
orqali balans likvidligini ta’minlagan holda korxona doimiy ravishda
to‘lovga qodir bo‘lishi mumkin. Mutlaq likvidlik koeffitsiyentining,
ya’ni pul mablag‘lari va qisqa muddatli investitsiyalarni qisqa muddatli
majburiyatlarni qoplashning yil boshi va yil oxiridagi natijalari biroz
tavsiya etilgan me’yorlarga yaqin.
Oraliqni qoplash likvidlilik koeffitsiyenti joriy qarzlarni qancha
qismi (zaxiralarsiz) debitorlik qarzlarni to‘liq undirilgan holda qoplay
olishini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich darajasi 0,5 dan 1,0 gacha va
undan yuqori bo‘lishi korxonaning faoliyat turi, joriy aktivlarining
strukturasi va debitorlik qarzlarni sifati va boshqa moliyaviy ko‘rsat-
kichlarning nisbatiga: sotish hajmi bilan aylanma mablag‘lar, sotish
hajmi va debitorlik qarzlar, oborot aktivlari va qisqa muddatli
majburiyatlarga bog‘liq. Debitorlik qarzlarini yuqori hajmda va jami
mablag‘larda salmoqli ulushga ega bo‘lishi korxonaning to‘lovga
qodirligini amalda pasayishiga olib keladi. Likvidlikni tahlil etishda
debitorlik qarzlarni miqdori va sifatiga katta e’tibor qaratiladi, chunki
ularni to‘lov manbalariga aylanishi uchun ketadigan vaqt uzoq muddatni
tashkil etadi, inflatsiya tufayli yana qo‘shimcha yo‘qotishlarga duch
keladi. Bizning misolimizda oraliqni qoplash likvidlik koeffitsiyenti yil
boshi va yil oxirida tavsiya etilgan me’yordan kichik. Ammo, korxona
rahbariyati debitorlik qarzlar bilan ishlashni faollashtirib bu shakldagi
oborot mablag‘larni pul shaklida muomalaga kiritilishini tezlashtirish
orqali mol yetkazib beruvchilar bilan bo‘ladigan hisoblashishni amalga
oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.