• Korxonaning to‘lov layoqatini baholashda, odatda, quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet240/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    xxx 
    337089 


    340
    Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik 
    subyekti joriy davrda to‘lov qobiliyatiga ega hisoblanadi. Korxonaning 
    jami to‘lov mablag‘lari 337089 ming so‘m bo‘lgani holda, jami to‘lov 
    qarzlari 163147 ming so‘mni tashkil qilgan. Bundan ko‘rinadiki 
    korxonada to‘lov qarzlariga nisbatan to‘lov mablag‘lari 173942 ming 
    so‘mga ko‘p bo‘lgan. Bu esa korxonaning mutlaq to‘lov qobiliyatiga ega 
    ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari to‘lov mablag‘lari tarkibiga 
    e’tibor qiladigan bo‘lsak, uning asosini tayyor mahsulotlar (167464 
    ming so‘m) hamda debitorlik qarzlari (148125 ming so‘m) tashkil 
    qilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, korxona ayni vaqtda tez to‘lov 
    qobiliyatiga ega emas ekan. To‘lov qarzlarining asosini esa mol yetkazib 
    beruvchilardan bo‘lgan qarzlar hamda boshqa shu kabi majburiyatlar 
    tashkil qilmoqda. Bu esa ushbu qarzlarni qisqa muddatlarda to‘lab beish 
    lozimligini bildiradi. Korxona ma’muriyati to‘lov qobiliyatini yaxshilash 
    uchun mavjud tayyor mahsulotlarini sotish choralarini ko‘rishi hamda 
    debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini ko‘rishi lozim bo‘ladi. Aks 
    holda, korxonaning to‘lov qobiliyati bundanda yomonlashishi mumkin. 
    Korxonaning to‘lov layoqatini baholashda, odatda, quyidagi 
    ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: 
    · Mutlaq to‘lov layoqati koeffitsiyenti. 
    · Oraliq to‘lov layoqati koeffitsiyenti. 
    · Joriy to‘lov layoqati koeffitsiyenti. 
    Mutlaq to‘lov layoqati ko‘rsatkichi korxonaning joriy aktivlarida 
    harakatchan aktivlarning to‘lov majburiyatlarini qoplashiga yetarliligi 
    yoki yetishmasliligini; oraliq to‘lov layoqati ko‘rsatkichi joriy aktivlarda 
    harakatchan va tez pulga aylanadigan aktivlarni to‘lov majburiyatlarini 
    qoplashga yetarliligi yoki yetishmasliligini; joriy to‘lov layoqati 
    ko‘rsatkichi esa joriy aktivlarda barcha aylanma aktivlarning to‘lov 
    majburiyatlarini to‘lashga yetarliligi yoki yetishmasliligini tasniflaydi.
    Korxonaning to‘lov layoqatiga baho berishda muqobillik 
    variantlarini ham qo‘llash lozim bo‘ladi. Yangi ochilgan va hali faoliyat 
    boshlamagan korxonalarga kredit berish yuzasidan qaror qabul qilishda, 
    uning biznes-reja ko‘rsatkichlari va u bo‘yicha aniqlangan to‘lovga 
    qodirlikning ehtimolligiga, korxonaga maqsadli, markazlashgan kredit 
    resurslarining tushirilishiga, texnik loyihalar asosida kredit ajratilishi va 
    hokazolarga ahamiyat berilishi muhimdir. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish