348
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan
korxonada balans likvidligiga qo‘yilgan to‘rtta shartdan birinchisi yil
boshida ham, yil oxirida ham bajarilmagan, ya’ni korxonaning doimiy
harakatdagi aktivlari uning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarini
qoplashga yetishmas ekan. Bu esa korxona balansining tez likvidlikka
ega emasligidan dalolat beradi. Qolgan shartlar esa yil boshiga ham, yil
oxiriga ham bajarilgan. Bundan ko‘rinadiki, korxona balansi mutlaq
likvidlikka ega bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari ma’lumotlar shuni
ko‘rsatadiki, korxona balansining likvidligi yil boshiga nisbatan yil
oxirida bir qadar yaxshilangan. Bunday natijalarni ijobiy baholasa ham
bo‘ladi.
Umuman olganda
, quyidagi shartlarga amal qilinsa, korxona
mablag‘i harakatchan deb baholanadi:
a) doimiy harakatdagi aktivlar > muddati kelgan to‘lov
majburiyatlar;
b) tez sotiluvchi aktivlar > qisqa muddatli passivlar;
v) sekin sotiluvchi aktivlar > o‘rta va uzoq muddatli passivlar;
g) qiyin sotiluvchi aktivlar < doimiy passivlar