346
muddatli qarz bandlari tushuniladi. Doimiy passivlar guruhiga esa I
bo‘lim passividagi barcha bandlar, ya’ni ustav fondi, zaxira jamg‘ar-
masi, maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar, maqsadli moliyalash-
tirish va tushumlar, ijara majburiyatlari, ta’sischilar bilan bo‘ladigan
hisob-kitoblar, o‘tgan yil va hisobot yilidagi taqsimlangan foyda kiradi.
Mablag‘larning aylanish holatini tahlil qilishda joriy va kelgusi
davrda kutiladigan harakatchanlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish zarur.
Mablag‘larning joriy harakatchanligi doimiy va tez sotiluvchi aktivlar
bilan muddati yetgan to‘lov majburiyatlari va qisqa muddatli passivlarni
taqqoslash orqali aniqlanadi. Kelajakda kutiladigan harakatchanlik
ko‘rsatkichi esa sekin sotiluvchi aktivlar bilan o‘rta va uzoq muddatli
passivlarni
solishtirish
orqali
o‘rganiladi.
Bunda
korxonani
mo‘ljallangan har xil tushumlari bilan kelajak to‘lovlarini oldindan
bashorat qilish mumkin.
Korxona balansining likvidlilik darajasiga har xil omillar, korxona
aktivlarining, passivlarining tarkibiy o‘zgarib turishi ta’sir ko‘rsatadi. Bu
omillarning ta’sirini bilish uchun balans likvidligini tahlil qilishda yana
bir guruh ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ular quyidagilar:
1.
Umumiy kapitalning chaqqonlik koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyent
korxonaning umumiy aylanma aktivlarini uning mol-mulki qiymatiga
bo‘lish yo‘li bilan aniqlanib, u korxonaning mablag‘lar bilan
ta’minlanganligini va o‘z majburiyatlaridan qutulish salohiyatini
ko‘rsatadi. Bu quyidagicha aniqlanadi: