Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

Debitorlik qarzi – korxonaning aylanmasidan chiqib qolgan 
va boshqa jismoniy va yuridik shaxslarda turgan mablag‘laridir. 
Korxonaning o‘z mablag‘lari yoki boshqa korxonalarning mablag‘lari 
bu qarzlarni qoplash manbayi bo‘lib xizmat qiladi. 
Ø
Kreditorlik qarzi – boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan 
vaqtincha jalb etilgan mablag‘lar. Ulardan shu korxonaning aylanmasida 
vaqtincha foydalaniladi. Ularni to‘lash muddati kelganida bu mablag‘lar 
aylanma mablag‘lar summasidan olib berilishi kerak. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlari korxonalar, xo‘jalik subyektlari 
faoliyatida uchraydigan muammolardan biri hisoblanadi. Ammo, 
debitorlik va kreditorlik qarzlarining me’yoridan oshib ketishi va to‘lov 
muddatining 
o‘tib 
ketishi 
korxonalar 
moliyaviy 
holatining 
yomonlashuviga, ishlab chiqarish jarayonida uzilishlarning vujudga 
kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bular korxonalar faoliyatida salbiy 
oqibatlarga olib kelishi bilan bir qatorda, budjetga daromad tushishini 
kamaytiradi va mamlakat makroiqtisodiy barqarorligiga ham salbiy 
ta’sir etadi. Shu sababli ham debitorlik va kreditorlik qarzlari muammosi 
davlat ahamiyatidagi masala sifatida doimo davlat nazorati ostida 
bo‘ladi. Ayniqsa, bunda muddati o‘tgan qarzlarga katta e’tibor beriladi. 
Muddati o‘tgan qarzlar summasi o‘sishining oldini olish va ularni 
kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunda har bir 
korxona va tashkilot rahbariyati oldidagi masalalardan biridir. 
Ushbu holatni hisobga oladigan bo‘lsak, xo‘jalik yurituvchi sub-
yektlarda debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlilini to‘g‘ri tashkil etilishi 
hamda takomillashtirilib borilishi bugungi jahon moliyaviy-iqtisodiy 


415
inqirozi davom etayotgan bir sharoitda eng dolzarb masalalardan biri 
ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim. 
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisob-kitoblarning doimiy 
yo‘ldoshi hisoblanadi. Lekin ularning to‘lov muddatining oshib ketishi 
xo‘jalik subyektlarining moliyaviy ahvoliga katta ta’sir o‘tkazadi. Shu 
maqsadda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini yuritishda debitorlik 
va kreditorlik majburiyatlarini to‘g‘ri boshqarish masalasiga alohida 
ahamiyat beriladi. 
Muddati o‘tgan debitorlik majburiyatlarining oldini olish bevosita 
davlat nazorati va e’tiboridagi masala ham hisoblanadi. Negaki, korxo-
nalar va tashkilotlar o‘rtasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarda majbu-
riyatlarni tartiblash asosida davlat naqd pul muomalasini boshqarish va 
iqtisodiy tadbirlar rejasini tuzib chiqish chora-tadbirlari belgilanadi.
Tahlil etishning asosiy maqsadi – debitorlik va kreditorlik majbu-
riyatlari aylanish davrini tezlashtirish asosida korxonaning moliyaviy 
holatini yaxshilash borasida chora-tadbirlar belgilashdan iborat. 
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo‘yicha hisobot, ma’lumotno-
ma har oyning 1-sanasida tuzilib, tegishli tashkilotlarga topshiriladi. 
Ushbu ma’lumotnomadan korxonaning majburiyatlar balansini ham 
tuzish mumkin. 
Tahlil etishda korxonalarning muayyan davrga bo‘lgan o‘zaro debi-
torlik va kreditorlik majburiyatlarining holatiga, tarkibiga, tashkil topish 
muddatlariga, yuzaga chiqish sababalariga, debitorlik va kreditorlik 
majburiyatlarining oqlanuvchanligiga, debitorlik va kreditorlik majburi-
yatlari bo‘yicha dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho beriladi. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish