417
– o‘zaro shartnomaviy munosabatlarning yaxshi yo‘lga qo‘yilma-
ganligi;
– daromadlarni tan olish yuzasidan korxonalar tarmoq xususiyatidan
kelib chiqilmaganligi;
– xarajatlar tarkibiga kiruvchi ish va xizmatlarni hisobga olishda
qat’iy hujjatlashtirish mezonlarining yo‘qligi;
– xodimlar va kapital egalari bilan korxona o‘rtasidagi munosabat-
larda qa’tiy shartlarning yo‘qligi;
– kredit tashkilotlari bilan mijoz o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlarda
korxonalar faoliyatini baholashning uslubiy asoslaridagi kamchiliklar;
– sug‘urta tashkilotlari bilan korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarda
qat’iy davlat qonunchilik mexanizmining mavjud emasligi va boshqalar.
Yuqorida ta’kidlanganidek, korxonada debitorlik va kreditorlik
majburiyatlari yuzaga kelishining asosiy sababi hisob-kitoblarda to‘lov-
lar muddatining yoki sanasining turli hisobot davriga tushib qolishidir.
Bunda debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining yuzaga chiqishiga har
qanday holda ham yo‘l qo‘yiladi. Agarda mahsulotlar ortib jo‘natish
orqali sotiladigan bo‘lsa, bunda to‘lovlar amalga oshish sanasiga qadar,
agarda tovarlar pulini oldindan to‘lash asosida sotiladigan bo‘lsa bunda
ham tovarlarni jo‘natish sanasiga qadar majburiyat, qarz sifatida hisobda
aks ettiriladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo‘yicha hisobot, ma’lumotno-
ma har oyning 1-sanasiga tuziladi va tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari korxona balansi, ya’ni har
chorakda tuziladigan korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlari holati
to‘g‘risidagi hisobotda ham aks ettiriladi.