426
kirishini va ularning yuzaga kelish sabablarini tarkiblab o‘tgan edik.
Kreditorlik majburiyatlari yuzaga chiqishining asosiy sababi sifatida
bevosita debitorlik majburiyatlarining vaqtida kelib tushmasligini ham
tarkiblash mumkin.
Kreditorlik majburiyatlarining tarkibi tahlilida qarzdor bo‘lgan to-
monlar bo‘yicha majburiyatlarning qatorlanishi, ularni to‘lash mud-
datlari bo‘yicha tarkiblanishiga baho beriladi. Shuningdek, debitorlik
majburiyatlarining aylanish koeffitsiyenti va aylanish davrini aniqlash-
dagi kabi bunda ham kreditorlik majburiyatlarining aylanishi koeffit-
siyenti va davri aniqlanadi. Lekin, bunda qatnashuvchi ko‘rsatkichlar
farqlanadi. Kreditorlik majburiyatlari aylanishini o‘rganishda asosiy
ko‘rsatkichlar sifatida nasiyaga olingan yoki hali puli to‘lanmagan
mollar, ashyolar, ish va xizmatlar summasiga hamda kreditorlik
majburiyatlarining haqiqiy ko‘rsatkichlariga murojaat qilinadi.
Kreditorlik majburiyatlarini tahlil etishda ularning yuzaga kelish
o‘rni, muddati va tarkibiga alohida ahamiyat qaratilmog‘i lozim.
Muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarga yo‘l qo‘yilishi korxonaga nisbatan
turli iqtisodiy ogohlantirishlarning qo‘llanilishiga, iqtisodiy jarimalarga
hamda korxonaga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladi.