Xo‘jalik yurituvchi subyektda debitorlik qarzlarining
aylanuvchanligi tahlili
Ko‘rsatkichlar
O‘tgan yili Hisobot yili
Farqi
(+, –)
1
2
3
4
1. Jami debitorlik qarzlar, ming so‘m
53266
136116
+82850
2. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan
olingan sof tushum, ming so‘m
1452513
3040381
+1587868
3. Joriy aktivlar, ming so‘m
531756
689066
+157310
424
1
2
3
4
5. Debitorlik qarzlarining aylanish
koeffitsiyenti (2/1)
27,269
22,337
-4,932
6. Debitorlik qarzlarining aylanish davri,
kun hisobida (1*360/2)
13
16
+3
7. Joriy aktivlari tarkibida debitorlik
qarzlari ulushi, % (1/3*100)
10,02
19,75
9,73
8. Muddati o‘tgan debitorlik qarzlari
ulushi, % (4/1*100)
6,11
3,19
-2,92
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, o‘rganilayotgan davrda biz tahlil qila-
yotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda debitorlik qarzlarining holati
o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 82850 ming so‘mga oshgan, ya’ni
debitorlik qarzlari o‘tgan yilga nisbatan deyarli 2,5 marotabaga ko‘-
paygan. Ayni vaqtda mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasi
ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1587868 ming so‘mga
o‘sganligini kuzatish mumkin. Buning ta’sirida debitorlik qarzlarining
undirilish davri o‘tgan yilga nisbatan 3 kunga uzaygan. Ya’ni debitorlik
qarzlarining undirib olinishi birmuncha sekinlashgan. Debitorlik qarzlari
aylanishining sekinlashuviga, asosan qarzlarning sof tushumga nisbatan
o‘sishi yuqori bo‘lganligi hisobiga bo‘lgan, ya’ni korxonada joriy yilda
debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti o‘tgan yilga nisbatan
4,932 koeffitsiyentga qisqarganligini ham ko‘rish mumkin. Joriy davrda
debitorlik qarzlarning jami joriy aktivlari tarkibidagi salmog‘i o‘tgan
yilning shu davriga nisbatan 9,73 % ga ortishi, avvalo, debitorlik qarzlar
summasining ortishi hisobiga ro‘y bergan. Bunday natijalar korxona
uchun nisbatan salbiy deb baholanadi hamda korxonaning moliyaviy
holati yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, joriy
davrda korxonaning muddati o‘tgan debitorlik qarzlarining jami
debitorlik qarzlari tarkibidagi salmog‘i o‘tgan yilning shu davridagi
16,11 % dan joriy davrning oxirgi hisobot sanasiga 3,19 % ga pasaygan-
ligini ijobiy baholash lozim.
Yuqoridagi bog‘lanishlardan bevosita debitorlik qarzlarining ayla-
nishiga ta’sir etuvchi omillarning ta’sir darajalarini ham aniqlashimiz
mumkin.
Debitorlik qarzlarning aylanish koeffitsiyenti va aylanish davriga
omillar ta’siri quyidagicha bo‘lgan. Debitorlik qarzlarining aylanish
koeffitsiyenti o‘tgan yilga nisbatan 4,932 koeffitsiyentga qisqargan. Bu
o‘zgarishda mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan olingan sof tushum
425
summasining o‘zgarishi ta’sirida debitorlik qarzlarining aylanish
koeffitsiyenti +29,810 koeffitsiyentga, debitorlik qarzlari hajmining
o‘zgarishi hisobiga esa aylanish koeffitsiyenti –34,742 koeffitsiyentga
kamaygan. Har ikkala omil ta’sirida aylanish koeffitsiyenti –4,932
koeffitsiyentga o‘zgargan. Ushbu omillar ta’siri debitorlik qarzlarining
aylanish davri ko‘rsatkichi bo‘yicha quyidagicha bo‘lgan, ya’ni sotish-
dan olingan sof tushum summasi hisobiga o‘zgarish –7 kunga, debitorlik
qarzlar summasining o‘sishi hisobiga +10 kunga o‘zgarish kuzatilgan.
105-jadval
|