422
Muddati o‘tgan va to‘lash muddati kelgan
majburiyatlar alohida-
alohida hisobga olinadi va boshqariladi. Muddati o‘tgan debitorlik
qarzlari «Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lu-
motnoma»da alohida qatorlanadi. Ularning respublika ichkarisidagi
korxonalar va respublikadan tashqaridagi korxonalar o‘rtasida
muddati
o‘tgan majburiyatlarga ajratish mumkin. Muddati o‘tkazib yuborilgan
majburiyatlar korxona moliyaviy holatini og‘irlashtiruvchi asosiy sabab
sifatida olinadi va muhim e’tibor beriladi.
Tahlil etishda debitorlik qarzlarining hajmi, tarkibi hamda vujudga
kelish muddati bo‘yicha o‘rganish asosida ularning holatiga, aylanuv-
chanlik
darajasiga, debitorlik qarzlari bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy
holat ko‘rsatkichlariga baho beriladi.
103-jadval