Muddati o‘tkazib yuborilgan majburiyatlarning yuzaga chiqish




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

Muddati o‘tkazib yuborilgan majburiyatlarning yuzaga chiqish 
sabablari sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin: 
√ korxonada moliyaviy holatning nosog‘lom ekanligi; 
√ korxonaning to‘lov layoqatiga ega emasligi; 
√ likvid mablag‘lari aylanuvchanligining uzoqligi; 
√ shartnoma majburiyatlariga va to‘lov shartlariga amal qilmaslik; 
√ xo‘jalik shartnomalari buzilishidan ko‘riladigan zararlarning to‘g‘-
ri qoplanmasligi (shartnomalar buzilishida qo‘llaniladigan choralarga 
amal qilmasligi); 
√ zamonaviy hisob-kitob shakllariga yo‘l berilmaganligi va 
hokazolar. 
Debitorlik-kreditorlik majburiyatlarining undirib olish muddati 3 oy 
qilib yoki 90 kalendar kun qilib belgilangan. Ushbu muddatdan so‘ng 
debitorlik-kreditorlik majburiyatlari nazoratga olinadi hamda ularning 
holati bo‘yicha davlat qonunchiligiga muvofiq javobgarlik shartlari 
(ma’muriy va moliyaviy) belgilangan. 
O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolik kodeksi»ning 150-moddasiga 
muvofiq qarzlar yuzasidan da’vo arizasi berish mumkin bo‘lgan umumiy 
muddat uch yilni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, debitorlik va kreditorlik 
majburiyatlarini hisobdan chiqarish muddati sifatida huquqiy shaxslar 
o‘rtasida ham, korxona bilan jismoniy shaxslar o‘rtasida ham 3 yil 
muddat qilib belgilangan. Ushbu muddatda to‘lanmagan yoki undirib 
olinmagan majburiyatlar, qarzlar korxona foyda va zararlariga olib 


421
boriladi. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari davlat 
tomonidan nazorat qatori sifatida olingan. Muddati o‘tkazib yuborilgan 
kreditorlik majburiyatlari korxona foydasiga qo‘shiladi va umumiy 
asosda foydadan soliq stavkasi bo‘yicha soliqqa tortiladi. Muddati 
o‘tgan debitorlik majburiyatlarini zararga olib borish soliqqa tortiladigan 
foyda summasini kamaytirmaydi. 
Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini foyda va 
zararlar qatoriga olib borish shartlari davlat hisob, soliq qonunchiligiga 
muvofiq qat’iy tartiblangan, ya’ni debitorlik va kreditorlik majburiyat-
larini foyda va zararlar qatoriga olib borishga qadar ularni to‘lash yoki 
undirib olish yuzasidan qanday yozishmalar yoki murojaatlar bo‘lgan, 
arbitraj qarori chiqarilgan yoki chiqarilmaganligi va hokazolar bo‘yicha 
dastlabki hujjatlar to‘plami tayyorlanmog‘i lozim. Faqat shundagina uni 
foyda va zararlar qatoriga olib borish mumkin. Aks holda, zaruriylik 
shartida kechiktirilgan majburiyatlar sifatida olinib, mas’ullar javobgar-
likka tortiladi. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muddati o‘tkazib yuborilgan majburiyatlarning yuzaga chiqish

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish